Probatsiya hisobidagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, inson, uning manfaatlari, huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash uchun xizmat qilmoqda. Tobora ravnaq topib borayotgan yurtimizda azaldan insonparvarlik tamoyillari, inson sha’ni va qadri oliy masala sifatida alohida e’tiborga olingan.

Ichki ishlar organlarining Probatsiya xizmati tashkil etilgandan buyon jazolarning bajarilishi nazorat qilinishi barobarida, ushbu toifa shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning bandligini ta’minlash, o‘qishga va ishga joylashtirish, nazorat ostidagilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, eng asosiysi, shaxsni tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratilib kelinmoqda.

 Mamlakatimizda Probatsiya bo‘linmalari nazoratida turgan mahkumlar o‘rtasida ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, qayta huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldi olinmoqda.

Joriy yilning 25 mart kuni Amudaryo tumani Ichki ishlar bo‘limining katta majlislar zalida jami 39 nafar Probatsiya hisobidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish kerakki, Ichki ishlar organlarining probatsiya xizmati boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, Bandlik va mehnat munosabatlari, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari ularning quyi bo‘g‘inlari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi bilan doimiy ravishda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuvga Amudaryo tumani prokurori katta yordamchisi 3-darajali yurist Abboz Niyazimbetov, Amudaryo tumani prokurori yordamchisi 2-darajali yurist Sanjar Xalmuratov, tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Muhtor Raxmatullayev hamda Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo tumani bo‘limi bosh mutaxassisi Sardor Kuraboyevlar qatnashdi.

 Uchrashuv davomida  Amudaryo tumani prokurori katta yordamchisi Abboz Niyazimbetov tomonidan Probatsiya xizmatining vazifalari haqida keng turda ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shundan so‘ng, tuman Ichki ishlar boshlig‘ining o‘rinbosari Muxtor Raxmatullayev tomonidan probatsiya nazoratidagi shaxslarning ijtimoiy moslashuviga, o‘qish va ishga joylashishiga hamda ularga huquqiy va psixologik yordamlar muntazam ravishda ko‘rsatilishi aytib o‘tildi.

Bunday uchrashuvlarni o‘tkazishdan maqsad fuqarolarning to‘g‘ri yo‘ldan adashmasliklari, jamiyatda o‘z o‘rnini topib Vatan koriga yaraydigan inson bo‘lib yetishishlari uchun maslahat va ko‘mak berishdan iboratdir.

Tuman hokimligining Axborot xizmati