Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida

Туман янгиликлари

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYO TUMAN KENGASHINING

Q A R O R I

Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga, “Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida”gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga, “Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovi to'g'risida”gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunining 8, 10, 11 va 12-moddalariga muvofiq, shuningdek, fuqarolar yig'inlari raislarining vakolat muddatining 2022-yil may oyida tugashi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 16-martdagi “Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish to'g'risida”gi KQ-320-IV-sonli hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining 2022-yil 24-martdagi 639-sonli qarorlariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR QILADI:

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 16-martdagi “Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish to'g'risida”gi KQ-320-Iv-sonli hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining 2022-yil 24-martdagi 639-sonli qarorlari ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini o'tkazish muddati 2022-yilning may oyi qilib belgilansin.

3. O'tkaziladigan saylovlarda 49 fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylanishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

4. 2022-yil may oyida Amudaryo tumani hududida fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq hamda fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari o'z saylov okruglarida fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishni tashkil etishda faol ishtirok qilsinlar.

6. Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasi a'zolariga joylarda fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish hamda o'tkazish bo'yicha ishchi guruhlariga amaliy yordam ko'rsatish topshirilsin.

7. Amudaryo tumani hokimligi (R.Salayev, N.Kamolov, O.Djumanov, M.Shermetov) fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o'tkazishda fuqarolar yig'inlariga ko'maklashish, zarurat bo'lganda ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta'minlash choralarini ko'rsin.

8. Tuman ichki ishlar bo'limi (U.Xudoyberganov) fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini o'tkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash choralarini ko'rsin.

9. Tuman tibbiyot birlashmasi (F.Abdullayev) va tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi (G.Bekiyev) birgalikda joylarda tibbiyot muassasalari ishlarini yuqori darajada tashkil etish, sanitariya-gigiena talablari hamda karantin qoidalariga amal qilishini nazoratga olsin.

10. “Taraqqiyot ko'zgusi” gazetasi va “Amudaryo televideniyesi” tahririyatlariga (G'.Eshniyozov) va tuman hokimligi Axborot xizmatiga (F.Eshimbetova) fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

11. Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasiga fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovi yakunlari to'g'risidagi ma'lumotlarni va saylov davrida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha bildirilgan takliflarni umumlashtirish hamda 2022-yil 5-iyunga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi komissiyasiga axborot berish topshirilsin.

12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha doimiy komissiyasiga topshirilsin.

Tuman hokimi S.Yo'ldashev

VI-47-28-13-181-K/22.

2022 - yil 25 - mart

2022-yil may oyida fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini Amudaryo tumanida tashkil etish va o'tkazish bo'yicha

TADBIRLAR REJASI

 

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijrochilar

I. Tayyorgarlik ko'rish bosqichi

(fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o'tkazish bilan bog'liq tashkiliy chora-tadbirlar)

1.

Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasi yig'ilishini o'tkazish, komissiya a'zolarini hududlarga biriktirish va ularning vazifalarini belgilash.

1. Tuman komissiyasi yig'ilishini o'tkazish va unda quyidagi masalalarni ko'rib chiqish:

- komissiya ish rejasini tasdiqlash;

- komissiya a'zolarining vazifalarini taqsimlash;

- komissiya a'zolarini mahallalarga biriktirish;

- fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini fuqarolar yig'ini yig'ilishi shaklida yoki fuqarolar vakillari yig'ilishi shaklida o'tkazilishini ko'rib chiqish;

- saylov yoshiga to'lgan fuqarolar umumiy sonining kamida o'n ikki foizi miqdorida fuqarolar yig'inlari kesimida vakillik normasini belgilash;

- ishchi guruhlarni tuzish bo'yicha fuqarolar yig'ini (fuqarolar vakillari) yig'ilishini o'tkazish jadvalini tasdiqlash;

- ishchi guruhlardan fuqarolar yig'ini raisi lavozimiga nomzodlarga tegishli hujjatlarni qabul qilish muddati va tartibini belgilashga doir boshqada masalalarni ko'rib chiqish.

2022-yil

25-mart

Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasi

2.

“Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini mahallalar kesimida tushuntirish.

1. “Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi to'g'risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini mahallalarda tushuntirish maqsadida alohida reja-jadval ishlab chiqish va tasdiqlash.

 

2. Huquqshunos va soha mutaxassislari tomonidan reja-jadval asosida mahallalarda “Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi to'g'risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini mahallalar kesimida tushuntirish.

2022-yil

25-mart

 

 

Reja-jadval asosida

Jo'qorg'i Kenges va tuman Kengashi deputatlari, Tuman komissiyasi,

Adliya bo'limi, tuman mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi

3.

“Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi to'g'risida”gi Qonunning mazmunini keng tushuntirish, aholining saylov jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan teleko'rsatuv, radioeshittirishlar, ijtimoiy roliklar va maqolalar tayyorlash.

1. Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o'tkazish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo'yicha media-reja ishlab chiqish.

2. Teleko'rsatuv, radioeshittirishlar va ijtimoiy roliklar stsenariylarini ishlab chiqish.

3. Tayyorlangan teleko'rsatuv, radioeshittirishlar, ijtimoiy roliklar va maqolalarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

2022-yil

25-mart

 

 

Media-reja bo'yicha

“Amudaryo televideniesi” va “Taraqqiyot ko'zgusi” gazetasi tahririyatlari, tuman komissiyasi

4.

Fuqarolar yig'inlari kesimida saylov yoshiga to'lgan fuqarolarning umumiy ro'yxatini shakllantirish.

1. Fuqarolar yig'inlari kesimida saylov yoshiga to'lgan fuqarolarning umumiy soni va ro'yxatini shakllantirish bo'yicha so'rovnomalar yuborish.

2. Saylov yoshiga to'lgan fuqarolarning umumiy soni bo'yicha to'plangan ma'lumotlarni umumlashtirish.

2022-yil

31-martga qadar

Tuman komissiyasi, statistika bo'limi,

ichki ishlar bo'limi, fuqarolar yig'inlari

5.

Fuqarolar vakillarining yig'ilishi shaklida saylov o'tkaziladigan fuqarolar yig'inlarini aniqlab olish.

Fuqarolarning vakillari yig'ilishi shaklida o'tadigan fuqarolar yig'inlari ro'yxatini shakllantirish va sonini aniqlash.

2022-yil

31-martga qadar

Tuman komissiyasi

6.

Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi o'tkaziladigan manzil va ob'ektlarni aniqlash va ro'yxatini shakllantirish.

1. Фуқаролар йиғини раиси (оқсоқоли) сайлови ўтказиладиган манзил ва объектларни аниқлаш.
2. Тумандаги фуқаролар йиғинлари кесимида сайлов ўтказиладиган манзил ва объектлар рўйхатини шакллантириш.

 

2022-yil

31-martga qadar

Tuman komissiyasi,

tuman hokimligi

7.

Ishchi guruhlarini tuzish yuzasidan fuqarolar yig'ini (fuqarolar vakillarining yig'ilishi)ni o'tkazish.

1. Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan fuqarolar yig'ini (fuqarolar vakillarining yig'ilishi)ni chaqirish to'g'risida kengash qarorini qabul qilish.

2. Fuqarolar yig'ini (fuqarolar vakillarining yig'ilishi)ni o'tkazish va unda quyidagi masalalarni ko'rib chiqish:

- ishchi guruhlarini tuzish va tarkibini tasdiqlash;

- fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasi belgilagan vakillik normasi asosida saylov yoshiga to'lgan fuqarolarning umumiy sonining o'n ikki foizidan kam bo'lmagan miqdorida mavjud ko'chalar va uylarga taqsimlash;

- ishchi guruh a'zolarini hududdagi hovlilar, uylar, ko'chalarga biriktirish hamda fuqarolar vakillarini saylash bo'yicha umumiy yig'ilishlarini o'tkazish jadvalini tasdiqlash;

- fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasi tomonidan belgilangan vakillik normasi asosida hududdagi mavjud hovlilar, uylar, ko'chalarga taqsimlash;

- saylov o'tkaziladigan sana, vaqt va joyini belgilash;

- fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o'tkazish masalalari yuzasidan aholi o'rtasida tushuntirish ishlarini olib borish kabi boshqa masalalarni ko'rib chiqish.

2022-yil

31-martga qadar

Tuman komissiyasi

fuqarolar yig'inlari

8.

Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasi hamda ishchi guruhlarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi “Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida”gi hamda “Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunlari va qonunosti hujjatlari kiritilgan to'plam bilan ta'minlash.

To'plamni hududdagi ishchi guruhlarga yetkazib berish.

2022-yil

31-martga qadar

Tuman komissiyasi

9.

Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasi hamda Ishchi guruhlar a'zolari uchun seminar-treninglar o'tkazish.

1. Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish, fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasi hamda ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish o'quv dasturini tayyorlash.

2. Jadvalga muvofiq hududiy seminar-treninglar tashkil etish va o'tkazish.

2022-yil

20-aprelga qadar

Jo'qorg'i Kenges va tuman Kengashi deputatlari, Adliya bo'limi, tuman  hokimligi

10.

Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini o'tkazish uchun yashirin ovoz berish kabinalari, qutilar va kerakli anjomlar bilan ta'minlash.

Tuman hokimligi bilan birgalikda fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini o'tkazish uchun zarur miqdorda ovoz berish kabinalari, qutilar va kerakli anjomlar bilan ta'minlash.

2022-yil

20-aprelga qadar

Tuman komissiyasi,

tuman hokimligi

11.

Saylov byulletenlarining fuqarolar yig'inlariga yetkazilishini ta'minlash.

1. Fuqarolar yig'inlari oqsoqollari saylovini tashkil etishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasi hamda ishchi guruh tomonidan saylov byulletenlarini zarur miqdorda tayorlash hamda fuqarolar yig'inlariga yetkazilishini ta'minlash.

Saylov kunidan kamida

5 kun oldin

Tuman komissiyasi,

tuman hokimligi

II. Asosiy bosqich

(fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini o'tkazish, saylov yakunlarini chiqarish, OAVda e'lon qilish)

12.

Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko'rsatish.

1. Ishchi guruhi tomonidan tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini inobatga olgan holda fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar bo'yicha takliflar berish va ularning hujjatlarini tayyorlash.

2. Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning o'z nomzodi ko'rsatilishiga yozma roziligini ilova qilgan holda ularning hujjatlarini tuman hokimi bilan kelishish uchun tuman komissiyasiga taqdim etish.

3. Tuman hokimi tomonidan uch kun muddatda fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga ko'rsatilgan nomzodlarning hujjatlarini ko'rib chiqib, o'zining asoslantirilgan xulosalarini ishchi guruhlarga topshirish uchun tuman komissiyasiga yuborish.

4. Tuman komissiya tomonidan bir kun muddatda fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga ko'rsatilgan nomzodlar bo'yicha tuman hokimining asoslantirilgan xulosalarini ishchi guruhlariga yetkazish.

 

2022-yil

10-aprelga qadar

 

 

 

 

 

Saylovdan kamida o'n kun oldin

Ishchi guruhlar,

tuman komissiyasi

13.

Fuqarolar yig'inlari kesimida fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini o'tkazish jadvalini tasdiqlash.

1. Ishchi guruhlardan fuqarolar yig'inlarida saylov o'tkazish kuni, vaqti, joyi haqidagi ma'lumotlarni olish va umumlashtirish.

2. Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasi tomonidan fuqarolar yig'inlari kesimida saylovni o'tkazish jadvalini tasdiqlash.

2022-yil

20-aprelgacha

 

2022-yil

25-aprelgacha

Tuman komissiyasi,

Ishchi guruhlar

14.

Fuqarolar yig'ini (fuqarolar vakillarining yig'ilishi) o'tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash hamda bu haqida tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qilish.

Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar haqidagi axborotni fuqarolar yig'ini binosiga va guzarlarga osib qo'yish hamda veb-saytlarga joylashtirish.

1. Tegishli hududda yashovchi fuqarolarga fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini o'tkazish kuni, vaqti va joyi haqida xabar berish.

2. Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar haqidagi ma'lumotni fuqarolar yig'ini binosiga va guzarlarga osib qo'yish.

3. Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o'tkazish, fuqarolar yig'ini (fuqarolar vakillarining yig'ilishi) o'tkaziladigan sana, vaqt va joy, fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar to'g'risidagi ma'lumotlarni Qoraqalpog'iston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish.

Saylovdan kamida besh kun oldin

Tuman komissiyasi,

Ishchi guruhlar

15.

Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini o'tkazish.

Saylovni yashirin ovoz berish orqali o'tkazish.

Jadvalga muvofiq

Ishchi guruhlar,

tuman komissiyasi

16.

Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) takroriy saylovini o'tkazish.

Qonunda belgilangan hollarda fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) takroriy saylovini o'tkazish.

Saylov o'tkazilgan kundan keyin 1 oy muddatda

Ishchi guruhlar,

tuman komissiyasi

17.

Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi o'tadigan ob'ektlarda xavfsizlikni ta'minlash, jamoat tartibini saqlash hamda tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etish.

1. Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini o'tkazish jadvaliga muvofiq saylov o'tadigan ob'ektlarda xavfsizlikni ta'minlash va tez tibbiy yordam xizmatini tashikl etishyu.

2. Saylov o'tadigan joylarda sanitariya-gigigena talablari va karantin qoidalari amal qilishni tashikl etish.

Saylovni o'tkazish jadvaliga muvofiq

Tuman hokimligi,

ichki ishlar bo'limi,

tibbiyot birlashmasi

18.

Respublika komissiyasiga ma'lumot taqdim etib borish, shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va fikrlarni umumlashtirish.

1. Saylov jarayoni borishi to'g'risida Respublika komissiyasiga ma'lumot berib borish.

2. Saylovni tashkil etish va o'tkazish bo'yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va fikrlarni umumlashtirish.

Har haftada

saylov yakunlari bo'yicha

Tuman komissiyasi

19.

Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovining yakunlarini chiqarish, ularni umumlashtirish, ko'rib chiqish va keng jamoatchilikka yetkazish uchun Respublika komissiyasiga taqdim etish.

1. Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi tuman komissiyasi tomonidan saylov yakunlarini chiqarish.

2. Saylov yakunlari to'g'risida ma'lumotni Respublika komissiyasiga taqdim etish.

2022-yil 5-iyunga qadar

Tuman komissiyasi

20.

Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish.

1. Saylov yakunlari bo'yicha jurnalistlar uchun brifing tashkil etish.

2. Saylov yakunlarini ommaviy axborot vositalarida e'lon qilish.

2022-yil

15-iyungacha

Tuman komissiyasi, “Amudaryo televideniesi” va “Taraqqiyot ko'zgusi” gazetasi tahririyatlari

III. Saylovdan keyingi bosqich

(fuqarolar yig'ini organlarini shakllantirish, raislarini o'qitish, ularning innovatsion va axborot texnologiyalari bo'yicha bilimlarini oshirish)

21.

Fuqarolar yig'ini kengashini shakllantirish, fuqarolar yig'inlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylash.

1. Fuqarolar yig'ini (fuqarolar vakillarining yig'ilishi) ni o'tkazish.

2. Fuqarolar yig'ini kengashini shakllantirish.

3. Yig'in faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylash.

Saylov natijalari bo'yicha 1 oy davomida

Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi, fuqarolar yig'inlari

22.

Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) uchun fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining tashkiliy-huquqiy asoslari, raislarning huquq va majburiyatlarini tushuntirish va amaliyotda qo'llash bo'yicha o'quv-seminarlar tashkil etish.

1. fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) mahalla faoliyatiga doir vilim va tajribalari amalga oshirish bo'yicha o'quv seminarlar dasturini ishlab chiqish.

2. Hududlarda o'quv-seminarlarini alohida reja asosida tashkil etish va o'tkazish.

2022-yil

15-iyunga qadar

 

2022-yil

1-iyulga qadar

Tuman hokimligi, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi

23.

Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari)ni bilimlarini oshirish maqsadida seminar-treninglar o'tkazish.

1. Innovatsion rivojlantirish mashg'ulotlarini alohida reja asosida tashkil etish va o'tkazish.

2. Hududlar kesimida seminar-treninglar o'tkazish jadvalini tasdiqlash.

3. O'quv mashg'ulotlarini alohija reja asosida tashkil etish va o'tkazish.

2022-yil

30-iyunga qadar

 

2022-yil

20-iyulga qadar

Tuman hokimligi, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi, innovatsion rivojlantirish boshqarmasi

24.

Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari)ni axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha bilimlarini oshirish.

1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi bilan birgalikda fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) uchun o'quv dasturlarini ishlab chiqish

2. Hududlar kesimida seminar-treninglar o'tkazish jadvalini tasdiqlash.

3. O'quv mashg'ulotlarini alohida reja asosida tashkil etish va o'tkazish.

2022-yil

20-iyulga qadar

 

2022-yil

20-avgustga qadar

Tuman hokimligi, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi

 

Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi Amudaryo tuman komissiyasi

 

TARKIBI

 

Komissiya raisi:

1.

Eshniyozov G'ulomjan Reimbayevich

- xalq deputatlari tuman Kengashi Raisining o'rinbosari, "Taraqqiyot ko'zgusi" gazetasi va "Amudaryo televideniyesi" bosh muharriri

Komissiya raisining o'rinbosarlari:

2.

Shermetov Maxmud Jabbarberganovich

- tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha o'rinbosari

3.

Lavozimga ko'ra

- mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i

Komissiya a'zolari:

4.

O'razbayev Mansur Axmadjanovich

- xalq deputatlari tuman Kengashi Kotibiyati mudiri

5.

Eshchanov Muzaffar Jabborbergenovich

- xalq deputatlari tuman Kengashining sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha doimiy komissiyasi raisi

6.

Yusupova Gulshod Сharshambayevna

- xalq deputatlari tuman Kengashining ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi o'rinbosari

7.

Raxmatullayeva Muyassar Maqsudovna

- xalq deputatlari tuman Kengashining yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi

8.

Sadullayev Maxsud Xaytbayevich

- xalq deputatlari tuman Kengashining sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko'rsatish masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi

9.

Baltabayev Baxadir Bazarbayevich

- xalq deputatlari tuman Kengashining axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi

10.

Lavozimga ko'ra

- tuman hokimi o'rinbosari – oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i

11.

Almuratov Azat Nazarimbetovich

- tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi yetakchi mutaxassisi, O'zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi raisi

12.

Kushayev Ashirbay Baltabayevich

- tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi

13.

Matyusupov Mo'minjon Gulmirzayevich

- tuman adliya bo'limi boshlig'i, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov o'tkazuvchi tuman saylov komissiyasi raisi

14.

Urazov Baxtiyar Seitmuratovich

- tuman ichki ishlar boshlig'ining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari

15.

Ismailov Sardor

Ozod o'g'li

- O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo tumani bo'limi boshlig'i

16.

Сhimbaychiyeva Gavxar Tajimuratovna

- Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlararo markazi direktori

17.

Eshimbetova Fotima Baxtiyor qizi

- Axborot xizmati rahbari, matbuot kotibi v.v.b

18.

Lavozimga ko'ra

- tuman mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi mutaxassisi

19.

Bo'ronov Sherzod Ozodbekovich

- tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari, komissiya kotibi