“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Ayoqchi mahallasida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlandi

Туман янгиликлари

So‘ngi yillarda yurtimiz bo‘ylab “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan hududlarda yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha obektlarini qurish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, umuman, aholining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Amudaryo tumanining To‘lqin ovuli va Ayoqchi mahallasi ham “Obod qishloq” dasturiga kiritildi.

6 aprel kuni Ayoqchi mahallasi hududida dastur doirasida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlarining boshlanishi munosabati bilan tabdir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev, sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar yig‘ini mas’ullari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Dastlab, tuman hokimi So‘ltonboy Yo‘ldashev yig‘ilganlarga “Obod qishloq” dasturini tez muddatlarda va sifatli tarzda amalga oshirish borasida tavsiyalarini berdi. Shuningdek, dastur doirasida Ayoqchi mahallasi hududi uchun ajratilgan 10,4 mlrd. so‘m mablag‘ning manzilli va maqsadli ishlatilishi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng tuman hokimi o‘rinbosari Nodirbek Komolov yig‘ilganlarga Ayoqchi mahallasida dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan keng turda ma’lumotlar berdi. Taqdimotda keltirilishicha, Ayoqchi mahallasi hududidagi 69-sonli umumta’lim maktab binosi mukammal rekonstuksiya qilinib, ta’mirlash ishlariga 2 mlrd 300 mln. so‘m miqdorda mablag‘ sarflanadi.

Shuningdek, Ayoqchi mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ta’mirlash ishlariga 360 mln. so‘m miqdorida pul mablag‘lari ajratilib, mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Qolaversa, mahalla hududida piyodalar yo‘lakchasini qurish, yangi turdagi chiqindi konteynerini, tungi yoritgich chiroqlarini o‘rnatish hamda yakka tartibdagi uy-joylarini ta’mirlash, aloqa liniyalarini tortish ishlari ham amalga oshirilib, joriy ishlarga 616 mln. so‘m miqdorda mablag‘lar sarflanadi.

Dastur doirasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 2 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga 4 ta suv inshooti barpo etish hamda 1 mlrd 550 mln. so‘m evaziga bozor infratuzilmalarini bunyod qilish ko‘zda tutilgan.

Taqdimot nihosiga yetgach tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan soha mas’ullarining fikrlarini tingladi hamda dastur ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng tadbir qatnashchilari “Yashil makon” aksiyasi doirasida Ayoqchi mahalla fuqarolar yig‘ini binosi oldida barpo etilayotgan yashil maydonga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Ekilgan har bir nihol vaqti kelib ulkan daraxt bo‘ladi va obod qishloqqa aylanayotgan Ayoqchi mahallasi ko‘rkiga ko‘rk va chiroy bag‘ishlaydi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati