QORAQALPOG‘ISTON RЕSPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI – INSON HUQUQLARI KAFOLATI

Туман янгиликлари

Keyingi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuni e’tirof etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh qomusi – Konstitutsiyasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq har bir fuqaro o‘zining huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, lavozimli shaxslarning, jamoat birlashmalarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilish huquqi kafolatlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan me’yor va prinsiplar demokratik huquqiy davlat qurish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda muhim hujjat bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu hujjatlarga asoslangan holda fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo sudi tomonidan 2022 yilning 1 yanvaridan 18 mart holatiga fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoyalanishini ta’minlash, ishlarni qonunda belgilangan muddatlarda sifatli ko‘rib chiqish va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida targ‘ibot ishlarini olib borishda bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning boshidan buyon 683 ta ish ko‘rib, tamomlandi. Shularning 515 tasi bo‘yicha hal qiluv qarorlari chiqarilgan va 488 ta ish bo‘yicha da’vo arizalar qanoatlantirilgan, 27 ta ish bo‘yicha da’vo arizalar rad etilgan, 168 ta ish bo‘yicha ajrimlar chiqarilgan bo‘lib, 3 ta ish yuritishdan tugatilgan, 165 ta ariza ko‘rmasdan qoldirilgan.

Fuqarolik ishlarini ko‘rish jarayonida taraflar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar natijasida kelgusida jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir etilishiga olib kelishi ehtimoli aniqlangan holatlar yo‘q. Buyruq tartibida jami 535 ta arizalar bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudi buyrug‘i chiqarilgan.

Yil boshidan fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlarining 644 tasi da’vo tartibidagi ishlar, 39 tasi alohida tartibda ko‘riladigan, ya’ni yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni tasdiqlash, farzandlikka olish, fuqaroning muomala layoqatini yo‘qotgan deb topish bo‘yichadir.

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda ularning huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda amal qilayotgan va yangidan qabul qilinayotgan qonunlardan xabardorligini ta’minlash va fuqarolik burchlarini to‘la anglashlariga erishish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan joriy yilimizning shu kunigacha 15 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, ularda 204 nafar fuqarolar qamrab olindi.

Keyingi yillarda odil sudlovni amalga oshirish, jarayonlarning shaffofligini ta’minlash va aholining sudlarga ishonchini mustahkam maqsadida sud tomonidan fuqarolik ishlarini sayyor sud majlislarida ko‘rish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudida joriy yilning shu kunigacha 214 fuqarolik ishlari sayyor sud majlislarida ko‘rildi va jarayonni keng jamoatchilik kuzatib bordi. Albatta bu sudlar faqat jazolovchi organ emas, balki xalqimizning haqiqiy himoyachisi, suyanchig‘iga aylanishidagi muhim qadamlardan biridir. Bunda 1993 yil 9 aprelda qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyada belgilangan dunyoda umume’tirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquq normalariga amal qilinadi.

Qayrulla ATAMURATOV, Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi.