TUMAN MAKTABGACHA TA’LIM BO‘LIMI XODIMLARI KO‘CHAT O‘TQAZIB, YASHIL BOG‘ YARATDILAR

Туман янгиликлари

“Yashil makon” umummilliy  loyihasi doirasida tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi binosi atrofiga bo‘lim mudiri S.Sadikova tashabbusi bilan  har xil mevali, archa va manzarali  daraxtlar ko‘chatlari ekildi.

Aytish joizki, loyiha doirasidagi tadbirlar tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham amalga oshirilmoqda. Har bir tashkilot binosi atroflariga mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlari o‘tqazilib, yashil maydonlar yaratilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy  loyihasi doirasida 10635 dona har xil meva  ko‘chatlari va archa ko‘chatlari, dekorativ  daraxtlar ko‘chatlari  ekish rejalashtirilgan  bo‘lib, bugungi kunda ushbu ko‘chatlarning 9785 donasi ekilib, 92 foiz ko‘chat ekish ishlari bajarildi.

S.Patullayeva, tuman MTB xodimi.