Tuman hokimi S.Yo‘ldashev mahalliy budjetdan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar olib berilgan tibbiyot birlashmasiga hamda uy sovg‘a qilingan oilaga tashrif buyurdi

Туман янгиликлари

Ma’lumki, 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash vakillari bilan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Yig‘ilishda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sog‘liqni saqlash xodimlariga munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi islohotlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 5 may kuni Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yo‘ldashev tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tuman hokimi aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida mahalliy budjetdan olib berilgan umumiy qiymati 1 mlrd. 450 mln so‘mlik 8 ta zamonaviy tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish jarayoni biilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi shifokorlar bilan suhbatlashib mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya asosida sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va xalqimizga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar asmalga oshirilayotanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olish zarurligi va bu borada shifokorlar tomonidan har bir mahallada korxona va tashkilotlarda muntazam olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilishi kerakligi qayd etib o‘tildi.

Qolaversa, shifokorlarga yaqori texnologik davolash usullarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar va topshiriqlar berib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, tibbiyot xodimlarining mehnatlarini munosib rag‘batlantirib borish hamda ularga munosib mehnat sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad esa faqat bitta − insonlarning har bir o‘tayotgan kunidan, qilayotgan mehnatidan rozi bo‘lib yashashidir.

Shu kuni tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev hokim o‘rinbosari Mahmud Shermetov, hokimlikning din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Muzaffar Sherimbetovlar bilan birgalikda Bo‘z solma mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Olimboy Davlatbayev bilan uchrashdi.

Ushbu fuqaroning yashash sharoiti mutasaddilar tomonidan o‘rganib chiqilgach, oilaga tuman hokimligi tomonidan Navoiy mahallasi hududidan xonadon sovg‘a qilingan edi. Tuman hokimi ushbu oilaga tashrifi chog‘ida ooila a’zolari bilan samimiy suhbatlashdi.  Davlatboyevlar oilasi davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor hamda ishonchni Vatanimizga munosib xizmat qilib oqlashga va’da berib tuman hokimiga chuqur minnaddorlik bildirishdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev oila rahbarini o‘z xonadoniga ega bo‘lgani bilan qutlar ekan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish borasida ko‘plab tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini va bu ishlar o‘zining ijobiy natijalarini namoyon qilayotganligini ta’kidlab, Davlatboyevlar oilasini samimiy tabrikladi.

Darhaqiqat, yurtimizda amalga oshirilayotgan jamiki ezgu amallar inson qadri uchun. Mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroga tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni bugungi islohotlardan rozi bo‘lib hayot kechirishlarini ta’minlash davlatimiz siyosatining bosh maqsadidir.

Tuman hokimligining Axborot xizmati