SЕKTORLAR FAOLIYATI: ASOSIY MAQSAD – XALQIMIZNING HAYOTDAN ROZI BO‘LIB YASHASHIDIR

Туман янгиликлари

Amudaryo tumanining 1-sektori hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbariyati tomonidan qator amaliy ishlar qilinmoqda. 2022 yilning 1-choragi misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, bu boradagi ishlarning ijrosi tizimli ravishda davom ettirilayotganini ko‘rish mumkin.

Bugungi kunda 1-sektor hududidagi 12 ta ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlarida 8 ming 542 ta xonadon tarkibidagi 11 ming 574 ta oilada 49 ming 907 nafar aholi istiqomat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va 25 fevral kuni sektor rahbarlari hamda faollar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish bayoniga ko‘ra, 1-sektor xududida 270,5 mlrd.so‘mlik 25 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi va 2 160 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Shundan sanoat sohasida 4 ta loyiha amalga oshirilib, 1 895 ta ish o‘rni, xizmat ko‘rsatish sohasida 13 ta loyiha bajarilib, 216 ta ish o‘rni, qishloq xo‘jaligi sohasida 8 ta loyiha amalga oshirilib, 49 ta ish o‘rnilari yaratilishi belgilangan.

Bugungi kun holatiga 2,6 mlrd.so‘mlik 3 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Buning natijasida 25 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

 Joriy yilning 1-choragida “Yo‘l xaritasi”da belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha belgilangan rejalar asosida samarali faoliyat olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 1 iyul kungi muxtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi 411-sonli Qaroriga asosan sektor hududida yashovchi nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni zarur dori-darmon vositalari, nogironlik aravachalari hamda reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Jami 42 nafar fuqaro reablitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalari bilan ta’minlandi.

 “Temir daftar” ro‘yxatidagi oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari tarqatish, ularning oilaviy daromadini oshirish maqsadida sektor xududidagi xar bir maxallada xokim yordamchisi tomonidan kam ta’minlangan oilalar sharoiti o‘rganilib, ularga qora mol, qo‘y-echki, parranda berish, oilaviy tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida tikuv mashinasi, kichik konstruksiyali issiqxona qurib berish kabi yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Yoshlar doimiy va kafolatli ish bilan band bo‘lsa, ayol-qizlar o‘zlari xohlagan yo‘nalishida daromadli mashg‘ulot bilan shug‘ullansa, oilalarda xotirjamlik bo‘ladi, odamlar hayotdan rozi bo‘lib yashaydilar.

Sektor hududida vaqtincha ishsiz bo‘lgan ayollar va yoshlarning 63 nafarini doimiy ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan 3 nafar ishsiz fuqaroga davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun subsidiyalar ajratish, 26 nafar ishlash istagini bildirgan vaqtincha ishsiz fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilish, 18 nafar ishsiz fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasbga o‘qitish, xorijdan qaytgan 7 nafar mehnat migrantlarining bandligini ta’minlash maqsadida sektor xududidagi xokim yordamchilari bilan birgalikda 106 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorligini boshlashlari uchun 2,4 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi.

27 nafar fuqaroga esa 127 mln. so‘mlik subsidiyalar berilib, 224 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilish choralari ko‘rildi. Tadbirkorlikka ko‘maklashish, yangidan kichik beznes sub’ektlari tashkil qilish bo‘yicha tahliliy ishlarni amalga oshirish borasida hududda 31 ta yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil qilindi.

Sektor hududidagi 12 ta mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlarida yashovchi 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 24161 nafar xotin-qizlar xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov yakuniga ko‘ra, “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga ijtimoiy himoyaga muhtoj 399 nafar ishsiz xotin-qizlar, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand 87 nafar, boquvchisini yo‘qotgan 216 nafar, ijtimoiy yordamga muhtoj 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan 89 nafar, uy-joyga muhtoj 25 nafar, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud 117 nafar xotin-qizlardan iborat jami 933 nafar xotin-qizlarning ro‘yxati shakllantirildi. Halq deputatlari tuman Kengashiga ushbu xotin-qizlarni “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritish masalasi bo‘yicha taklif kiritildi.

Muhtaram Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq har haftada yoshlar bilan muntazam uchrashib, ularning muammolarini tinglash va joyida hal etishga qaratilgan “Sektor rahbari va yoshlar” mavzusida oshkora muloqot tarzidagi uchrashuv hamda davra suhbatlari o‘tkazish an’anaga aylantirildi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori hamda 23-25 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida yoshlar hayotiga oid bir qator topshiriqlariga muvofiq yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangicha tizim asosidagi ishlar yo‘lga qo‘yildi. Sektor hududida mazkur Qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha shtab tashkil etilib, tegishli korxona va tashkilotlardan mas’ullar biriktirildi. Mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Hususan, yoshlar yetakchilari bilan birgalikda sektor hududida o‘tkazilgan xatlov natijasida 5 304 nafar yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, anketa so‘rovnomalari to‘ldirildi va 278 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Unga ko‘ra, 38 nafar yoshlar ishga joylashish, 151 nafar yoshlar dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ijara huquqi asosida yer olish, 10 nafar yoshlar o‘zining tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida kredit ajratish, 79 nafar yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy muammolari masalalarida “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritildi. 1-chorak davomida “Yoshlar daftari”dagi 17 nafar yoshlarning muammolari to‘liq bartaraf qilinib, “Yoshlar daftari”dan chiqarildi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Insonlarning dard-u tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir. Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Xalqimiz o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun ko‘rishi kerak”, degan so‘zlari har birimizning, avvalo, har bir rahbar xodimning kundalik ish rejasini amalga oshirishdagi asosiy shioriga aylanmog‘i kerak. Zero, ana shu shior asosida faoliyat olib borish, eng avvalo xalqimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash mezonidir.