SUD MAS’ULLARI ISHTIROKIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi mas’ullari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilish mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi.

Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limida rahbar Saida Sadikova hamda boshqa xodimlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur davra suhbatida sud mas’ullari korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish, bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish kerakligi to‘g‘risida so‘zlab, korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligini ta’kidladilar. Undan tashqari, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng tushuntirish berdilar.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, oqibatlarini, imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqararrligi prinsipini ta’minlash kabilar borasida ham so‘z yuritildi.

Davra suhbati so‘nggida yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan boshqa-da savollarga javoblar olib, majlis bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

S.Davletmuradov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi sudyasi.
J.O‘razboyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi raisi.