“Amudaryotex” xorijiy korxonasiga media-tur tashkil etildi

Туман янгиликлари

 

Amudaryo tumani Mang‘it shahri Yangiobod mahallasida joylashgan “Amudaryotex” xorijiy korxonasiga media-tur tashkil etildi. Media-turda investitsiya va tashqi savdo bo‘limi mutaxassislari, tuman hokimligi mas’ullari, mahalliy jurnalistlar ishtirok etishdi. Media-turda ishtirokchilar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

 

Qayd etilganidek, Prezidentimizning qaroriga asosan 2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qator amaliy ishlar qilinmoqda. Tumandagi yirik eksport korxonalardan biri bo‘lgan “Amudaryotex” ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxonasi klaster shaklida paxtani qayta ishlash orqali ip-kalava ishlab chiqaradi.

Ushbu korxona 2014 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda, korxona paxta tolasini qayta ishlab ip-kalava mahsulotini ishlab chiqarish va eksportga jo‘natish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Xorijiy hamkor “Textile Technologies Group So. Ltd. Korxona rahbari JUNG JUNGGOH (Xitoy fuqarosi). Korxona yiliga 6,0 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lib, 2021 yilda umumiy qiymati 9 mln. 824 ming dollarlik 3 tonna mahsulotlari Xitoy Xalq Respublikasiga, Portugaliyaga, Turkiya davlatlariga eksportga chiqarildi.

Media-turda qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib soha xodimlaridan tegishli javoblar oldilar. Tumanimizdagi ushbu eksport korxonasi faoliyatini kengaytirishga qaratilgan istiqbolli rejalarning amalga oshirilishi kelgusida hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi turmush tarzini yanada farovonlashtirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.