Amudaryo tumanidagi umumta'lim maktablarga "kitoblar karvoni" yetib keldi

Туман янгиликлари

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Amudaryo tumanidagi umumta’lim muassasalari uchun ajratilgan "kitoblar karvoni" yetib keldi. 17 iyun kuni shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan marosimga tuman Xalq ta’limi bo‘limining mas’ul xodimlari, tegishli soha vakillari qatnashishdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining shu yil 29 mart kuni 653-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kutubxona fondlarini badiiy kitoblar bilan ta’minlash maqsadida ularga mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan badiiy kitoblar dastlab bolalarning yoshiga mos kelishi, qiziqishlari hisobga olinganligi, foydalanishiga qulayligi o‘rganib chiqilgan.
Shu tavsiyaga ko‘ra yangi chop etilgan badiiy kitoblar tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 85 ta umumiy o‘rta ta’lim maktab kutubxonalari fondi uchun  6 823 dona, umumiy summasi 150 291 000 so‘mlik 50 nomdagi badiiy adabiyotlardan iborat kitoblar karvoni Amudaryo tumaniga yetib keldi va taqsimot asosida barcha umumta’lim maktablarga tantanali ravishda topshirildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati