Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

Bugun tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya raisi, komissiya a’zolari ishtirok etib, keyingi yillarda mintaqamizda suv resurslari tanqisligi kuchayib borayotganligi sababli suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlashdi. Shuningdek doimiy komissiya yig‘ilishida Amudaryo tumanida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish borasida Amudaryo tuman irrigatsiya bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, suvdan unumli foydalanish, tejash bo'yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

tuman hokimligining Axborot xizmati.