30 iyun− “Yoshlar kuni” munosabati bilan bir guruh yoshlar taqdirlandi

Туман янгиликлари

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor har qachongidan ham kuchaygan. Sababi, Vatan taqdiri ertangi kun egalari bo‘lgan yosh avlodning manan barkamol bo‘lib voyaga yetishiga chambarchas bog‘liq.
30 iyunning “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi yoshlarga qaratilayotgan e’tiborning yorqin namunasidir. Iyun oyi− Yoshlar oyligi doirasida Amudaryo tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil yetildi. 29 iyun kuni tuman hokimligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning turli yonalishlarida, turli yosh va vazn toifalarida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan hamda faxrli o‘rinlarni egallagan bir guruh yoshlar tuman hokimi va sektorlar rahbarlari tomonidan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, tumanda 15 nafar shijaotli yoshlar O‘zbekiston Respublikasi bosqichida faxrli birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallashgan.
Tadbir davomida tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev yoshlarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning o‘qib-o‘rganishlari, qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb etayotganligini ta’kidladi.
 Tadbir davomida 3-sektor rahbari− tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Muxammetali Xojamuratov, 4-sektor rahbari− Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Aydos Seitov, tuman hokimi o‘rinbosari Mahmud Shermetovlar yoshlarni 30 iyun− “Yoshlar kuni” bilan muborakbod etib, o‘qish va ishlarida omadlar tilashdi.
Shundan so‘ng, sportchi yoshlarga sovg‘alar hamda tashakkurnomalar tantanali tarzda topshirildi.
Shu o‘rinda aytish kerakki, sektorlar rahbarlari tomonidan hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda yoshlardan kelib tushayotgan murojaatlarning barchasi tegishli tartibda ko‘rib chiqilib hal qilinmoqda.
 Sektor rahbarlariga o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni istab murojaat qilgan 7 nafar ayol-qizlarning murojaatlari qanoatlantirildi.
Tadbirda davomida ularga subsidiya asosida zamonaviy rusumdagi tikuv mashinalari topshirildi.
Yoshlarning jamiyatdagi mavqei va ularning ijtimoiy muhitni rivojlantirishdagi ishtiroki darajasi davlatga hamda o‘zlarining faol hayotiy pozitsiyalariga ulkan foyda keltiradi.
Yurtimizning gullab yashnashi, uning rivoj topishida  yoshlarning ulushi oshib borishi, hozirda   umumxalq harakatiga aylanib borayotgan besh ijobiy tashabbusning mazmuni va ahamiyatini yoshlarimiz chuqur tushunib, uni amalga oshirishda faol ishtirok etayotganini yuksak baholanmoqda.
Bugungi kunda Vatan taraqqiyotini o‘z taqdirida ko‘ruvchi yoshlar soni kundan kunga ko‘payib bormoqda. Quvonarlisi, ularning aniq maqsadlari hamda rejalari bor. Ular O‘zbekistonning tayanchi va suyanchi qolaversa, ertangi kun egalaridir

.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.