Tumandagi 11 ta olis va chekka mahallalarga maxsus konteynerlar o‘rnatilib, mahalla tibbiyot punktlari tashkil etildi

Туман янгиликлари

2022 yil 18 mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar-inson qadri uchun” mavzusidagi “ochiq muloqoti”da  belgilangan vazifalarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va  tibbiy hizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  2022 yil 25 aprel kungi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘pgina chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli 9 ta oilaviy poliklinikalar va  4 ta oilaviy shifokorlik punktlarida kunduzgi statsionar o‘rinlar  ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytirildi. Shu bilan bir qatorda  1-sonli oilaviy poliklinikada avval mavjud  8 ta kunduzgi statsionar o‘rinlariga qo‘shimcha ravishda 2 ta kunduzgi statsionar o‘rinlar tashkil etilib, jami 10 ta kunduzgi statsionar o‘ringa to‘ldirildi. 3-sonli oilaviy poliklinikada  avval mavjud  4 ta kunduzgi statsionar o‘rinlariga qo‘shimcha ravishda 6 ta kunduzgi statsionar o‘rinlar tashkil etilib, jami 10 ta, 7-sonli oilaviy poliklinikasida avval mavjud 5 ta kunduzgi statsionar o‘rinlariga qo‘shimcha ravishda 5 ta kunduzgi statsionar o‘rinlar tashkil etilib, jami 10 ta kunduzgi statsionar o‘ringa to‘ldirildi.

Hozirgi kunda tumandagi olis va chekka hududlardagi mahallalarda yashovchi fuqarolar o‘z hududidagi oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokorlik punktlarida tashkil etilgan kunduzgi statsionarlarda bemalol ertalabki soat 08:00dan kechqurun soat 20:00 gacha kerakli muolajalarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu olis va chekka hududlar aholisining tuman markazidagi tibbiy muassasalarga kelib davolanish zaruratini kamaytirdi.

Tumanda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish maqsadida tumandagi 11 ta olis va chekka mahallalarga (Jumurtov shaharcha  hudududidagi Toshto‘g‘on aholi punktiga, Yuqori qishloq mahallasi hududiga, Qoramon mahallasi hududiga, Amir Temur nomli ovuli hududiga, Besh tom mahallasi Xo‘jako‘l aholi punkiga, Nazarxon ovuli hududidagi Mayliko‘l aholi punktiga, Nazarxon ovuli Bekboy aholi punktiga, Jumurtov shaharchasidagi Qoratosh aholi punktiga, Bog‘ mahallasi, Bo‘z yop ovuli hududiga,  Qum yop mahallasi Jumaboy sog‘a aholi punktiga) maxsus konteynerlar o‘rnatilib,  mahalla tibbiyot punktlari tashkil etildi. Mahalla tibbiyot punktlariga oila shifokorlari hamda hamshiralar biriktirilgan. Ular mazkur hududlarda yashovchi aholi salomatligini asrash yo‘lida mehnat qilishmoqda.

A.O‘rinboyev, koordinator