Abituriyentlarga Davlat xizmatlari markazida xizmatlar ko‘rsatilmoqda

Туман янгиликлари

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iton Respublikasi boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarmasining “2022 -2023 o‘quv yili uchun Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlarini onlayn qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori imzolandi.

 Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Amudaryo tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida abituriyenlarning hujjatlarini onlayn topshirish jarayonlari tashkil qilindi.

Abituriyentlarning hujjat topshirishlariga yaqindan yordam berish maqsadida, Amudaryo tumaniga Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining o‘qituvchilari mas’ul qilib biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan abuturiyentlarga Oliy ta’lim muassasalaridagi qabul kvotalari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

Aytish kerakki, bugungi kunda Amudaryo tumanidagi 2 ming 582 nafar bitiruvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfini bitkazib, Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun hujjatlar topshirmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy hisoblangan 3 ta fan – ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi fanlaridan to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal 33 ballning joriy qilinishi abuturiyentlarning o‘z ona tili, matematika fani hamda Vatanimiz tarixi haqida chuqur bilimga ega bo‘lishlariga zamin yaratmoqda.

Darhaqiqat, talaba qaysi kasbni tanlashidan qat’iy nazar o‘z mutaxassiclik fanlaridan tashqari mazkur fanlarni chuqur bilmog‘i lozim.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abuturiyentlar, nogironligi bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotidagi va ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, shuningdek, imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmaydi.

Bugungi kunda yurtimizda ta’lim tizimida abituriyent va talabalar uchun ko‘plab yangiliklar joriy qilinmoqda. Bakalavriat bosqichiga kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan ayol-qizlarga 7 yil muddatga foizsiz kreditlar ajratilishi, qolaversa, magistratrurada ta’lim olayotgan qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘liq qoplab berilishi ayol-qizlar uchun muhim ijobiy yangilik bo‘ldi.

O‘z navbatida yurtimizning turli hududlarida joylashgan har bir oliy ta’lim muassasasida ham yoshlarning ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Talabalar zamonaviy texnologiyalar va interfaol usullar yordamida milliy ta’lim tizimiga tadbiq etilgan ilg‘or uslublar asosida ta’lim va tarbiya olmoqdalar.

Yoshlardan esa mavjud imkoniyat va sharoitlar to‘laqonli foydalanib, qunt bilan bilim olish talab etiladi. Zero, yoshlar ertangi kun umidlari, kelajagi porloq Vatanimizning egalaridir.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.