Beruniy, Olmazor, Gulzor mahallalaridagi shoxko‘chalarga 9 km uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasi va salomatlik yo‘lkachalari qurilmoqda

Туман янгиликлари

Kundan-kunga tobora chiroy ochib borayotgan mustaqil yurtimizda bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Keng va ravon yo‘llar, obod ko‘chalarni kezgan har qanday inson tinchlik, mustaqillik kabi bebaho tuyg‘ularning naqadar aziz ekanligini dildan chuqur his qiladi

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyov olib borayotgan odilona siyosat tufayli bugun xalqimiz o‘tayotgan har bir kunidan rozi va ertangi kunga ishonch bilan yashamoqda. Bugun qaysi bir manzilga bormang, u yerda yangilanish va bunyodkorlikning guvohi bo‘lasiz.

 Jumladan, Respublikamizning barcha hududlaridagi singari, Amudaryo tumanida ham keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Tumanning markaziy hududlaridan Beruniy, Olmazor, Gulzor mahallalaridagi shoxko‘chalarga 9 km uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasi va salomatlik yo‘lkachalari qurilmoqda.

Erta tongdan ishga, o‘qishga yoki turli oilaviy tashvishlari bilan turli manzillarga yo‘l olayotgan amudaryolik borki, bunyodkorlik ishlarini ko‘rib quvonadi, yurtimizda hukm surayotgan osoyishtalik va tinchlikka shukrona keltiradi.

 2 mlrd 348 mln. so‘m mablag‘ evaziga Barkamol avlod, Jumurtov, Tadbirkorlar, Shifokorlar va Xalqlar do‘stligi ko‘chalarida tashkil etilayotgan salomatlik yo‘lakchalarining qurilishi pudratchi tashkilot − “Amudaryo maxsus qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilib, bugungi kunga qadar, 337,9 mln. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Qolaversa, Barkamol avlod, Humoyun ko‘chalariga ham tungi yoritgich chiroqlari, velosiped yo‘laklarining qo‘rilayotgani aholi uchun ko‘plab qulaylik va imkoniyatlar yaratmoqda.

7 mlrd. 113,3 mln. so‘mlik qiymatga ega mazkur qurilish loyihalari bugungi kunda pudratchi tashkilotlar tomonidan sifatli hamda tezkor ravishda amalga oshirilmoqda.

Tungi yoritgich chiroqlarining o‘rnatilgani ko‘chalarni kunduz kabi yoritib turishi bilan birga, o‘zgacha chiroy baxsh etmoqda. Qolaversa, keksalarimizning keng va ravon yo‘llardan, yorug‘ ko‘chalardan yurib, qiynalmay manzillariga yetib borishlarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarinig o‘rni katta ahamiyatga ega.

Shuningdek, velosiped yo‘laklari, tungi yoritgich chiroqlarinig o‘rnatilgani yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda, bolalar havfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yurtimizda, xususan tumanimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida avvalo, tinchlik, yurtoshlarimizning o‘tayotgan har bir kuniga shukronalik tuyg‘ulari mujassam.

 Qurilayotgan yangi maktab binolari, ta’mirlanayotgan yo‘llar, yangidan barpo etilayotgan uy-joylarning mustaqillik bayrami arafasida qurib bitkazilishi ishonamizki, xalqimiz uchun bayramona sovg‘a bo‘ladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.