Hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

Bugun tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan “Aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari tomonidan 1-yarim yillik davrida amalga oshirilgan ishlar”  yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Rashid Salayev, Amudaryo tumani Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi direktori Jasur Davletov, tumandagi hokim yordamchilari hamda ommaviy ahborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
 Dastalab, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Rashid Salayev hokim yordamchilari faoliyatining 6 oylik natijadorligi bo‘yicha hisobot berdi.
Shundan so‘ng, jurnalistlar ishtirokchilarga savollar bilan murojaat qildilar.
Jumladan, hozirgi kunda fuqarolor tomonidan yeng ko‘p talab kelib tushayotgan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarning ajratilishi aynan qaysi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgani bo‘yicha jurnalist Aziza Madrahimova savol berdi.
Keltirilishicha, tumanda 68,7 mlrd.so‘m resurslar ajratilgan bo‘lib har bir mahallaga aholi sonidan kelib chiqib bo‘lib berilgan. Bugungi kunga kelib oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi asosida 2 ming 673 nafar fuqarolar tomonidan kredit olish uchun arizalar yuborilgan bo‘lib, shundan 1ming 859 tasi maqsadli deb topilib hokim yordamchilari tomonidan tavsiyanomalar berilgan va hozirda 1ming 635 nafar fuqarolarga dastur doirasida 34,9mlrd.so‘mlik kreditlar ajratilgan.
Shuningdek, jurnalistlardan Mahmudjon Shomuradov mamlakatimizda aholining ijtimoiy-iqtisodiy qatlamiga ko‘rsatilayotgan moddiy yordamlar, bu borada hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, subsidiya qanday hollarda ajratilishi bo‘yicha savollar bilan murojaat qildi.
 Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 maydagi 252-sonli qaroriga asosan, subsidiyalar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilishi belgilab qo‘yilgan.
Bunda hokim yordamchilari 12 turdagi tadbirkorlik yo‘nalishlari uchun subsidiyalar ajratilishi uchun tavsiyanoma berishlari mumkin.
Tadbirkorlikni boshlash uchun subsidiya olish istagini bildirgan fuqarolar birinchi navbatda hokim yordamchisiga uchrashishlari kerak bo‘ladi. Hokim yordamchisi fuqarolarga onlinemahalla.uz sayti orqali ariza yuborishda ko‘maklashadi. Keyinchalik yuborilgan arizaning skoring baxolash tizimidan qanday natija bilan o‘tishiga qarab hokim yordamchisi tavsiyanoma beradi yoki uni rad etadi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki,  bugungi kunda tumandagi hokim yordamchilari tashabbusi bilan fuqarolarning tamorqada o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida 270 mln.so‘m subsidiya mablag‘lari yevaziga 95 nafar fuqaroga yengil konstruksiyali issiqxona hamda 5 nafar fuqaroga sug‘orish vositasi qurib berilgan.
Shuningdek, kasb-hunarga o‘qitish va asbob-uskuna sotib olish uchun xarid qilish uchun “Raximboyeva Salomat” ishlab chiqarish kooperativi tomonidan Xitoy, Besh ovul, Tosh qal’a va Yuqori qishloq mahallalarid tikuvchilik kooperatsiyasini tashkil qilish yevaziga 49 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida 132,1mln.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan.
Qipchoq ovuli hududidagi Amudaryo Outlet ishlab chiqarish kooperativiga   15nafar xotin qizlarni a’zo qilgan holda 60 mln.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan.
 Bundan tashqari, 10 nafar ishsiz fuqaroga 2,7mln.so‘msubsidiyalar ajratilgan.
Ochiq muloqot davomida jurnalistlar hokim yordamchilari faoliyati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarning barchasiga javoblar oldilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati