Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirildi

Туман янгиликлари

O‘zbekston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 avgust kungi “Kam taminlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 sentabrdan boshlab 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etildi.
a) Bunda, bolalar nafaqasini tayinlashda:
- inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi;
- to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi;
- nafaqaning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo‘llanilmoqda;
b) yakka-yolg‘iz bo‘lgan fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanmoqda.
2021 yil 1 sentabrdan boshlab bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining quyidagi miqdorlari belgilandi.
a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
- 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun 250 000 so‘m;
- yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun 325 000 so‘m;
- oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha 150 000 so‘m;
- oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun- 100 000 so‘m;
b) kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 380 000 so‘m.
Bunda, 2021 yil 1 sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni to‘lash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari saqlab qolindi.
2022 yilning o‘tgan 6 oyi davomida 20577 ta kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi uchun, 2476 ta kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam uchun, arizalar taqdim qilingan. Shundan, kam ta’minlangan oilalarning bolalar nafaqasi uchun berilgan arizalarning 11993 tasiga bolalar nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarning moddiy yordam uchun berilgan arizalarning 1293 tasiga moddiy yordam tayinlangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 oktabrdagi №654 sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida ko‘rsatilgan mezonlarga mos kelmaganligi sababli 9767 nafar shaxsning arizasi rad qilingan. Joriy yilning o‘tgan olti oy davomida kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi uchun 55,6 mlrd.so‘m va moddiy yordam uchun 2,9 mlrd. so‘m miqdorida moddiy yordam pullari tayinlangan va to‘lab berilgan.

 

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Amudaryo tumani bo‘limi boshlig‘i Q.Ismailov