O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova tumanimizda bo'ldi

Туман янгиликлари

Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida shu yil 17 iyun kungi kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova ishtirokida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishni Birlashma boshlig‘i Farhod Abdullayev olib bordi. Unda Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqal’a tumanlari Tibbiyot birlashmalarining Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari mudirlari, Tibbiyot birlashmalari boshliqlarining Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosarlari, bosh shifokor o‘rinbosarlari, bosh akusher-ginekologlari va Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinikalar, Markaziy shifoxona bo‘lim mudirlari, tor doiradagi mutaxassislar ishtirok etishdi.

Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 17 iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, bu bo‘yicha har bir tuman uchun “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash masalalari ko‘rildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova so‘zga chiqdi. Shuningdek, Prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bayonnomasida belgilangan bandlar yuzasidan interfaol usulda keng va batafsil tushunchalar berildi. Undan tashqari, onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatini 2022-23 yillarda yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarga keng to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda bolalarni ommaviy skrining qilish va selektiv yo‘llar bilan onkogemotologik kasalliklarni erta aniqlash, Ayollar maslahat xonalari va tug‘ruq muassasalari hamda tibbiy brigada doyalari faoliyatini muvofiqlashtirish, tug‘ish yoshidagi ayollarning elektron bazasini yaratish, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berishga to‘liq barham berish eng dolzarb masalalar hisoblanadi.

Shu bilan birga istalmagan homiladorlikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, tug‘ish yoshidagi ayollar va homiladorlarning bazasini shakllantirish, har bir tuman uchun “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yig‘ilish davomida barcha tumanlardan tashrif buyurgan tibbiyot sohasi mas’ullari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovaga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va tegishli javoblar oldilar.

Yig‘ilish so‘ngida barcha tumanlardagi Tibbiyot birlashmalari boshliqlari o‘rinbosarlariga, Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha muovinlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida shu yil 17 iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yigilishining tegishli bayonida belgilangan tug‘ish yoshidagi ayollar va homiladorlarning marshrutini belgilash ishlarini amalga oshirish, har bir hudud uchun “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlatish vazifasi topshirildi.

Jumaboy Yavqashev, tuman TTB shifokori.