Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 51-sessiyasi to‘g‘risida axborot

Туман янгиликлари

2022 yil 6 avgust kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 51-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, hokimlik mas’ul xodimlari, huquq-tartibot organlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala − O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi bo‘yicha tumandagi sektorlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.

2-sektor rahbari, tuman prokurori Aziz Ro‘zmetovning hisobotida keltirilishicha, 2-sektor hududida 17 ta ovul va mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, joriy yilning 6 oyi davomida sektor hududida belgilangan rejaga asosan sektor rahbari hamda halq qabulxonasi bilan birgalikda 25 ta sayyor qabul, 23 ta yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilgan. Shuningdek, 1 ming 252 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar borligi aniqlanib, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, yer ajratish, hunarmandchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, issiqxona tashkil qilish, qoramolchilik va asalarichilikka jalb qilish orqali bandligi ta’minlangan. Sektor hududida yashovchi ehtiyojmand aholiga 984 mln. so‘mlik dori-darmon, oziq-ovqat va boshqa amaliy yordamlar berilgan.

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, 1 nafar ayolga yangi uy qurib berilayotgan bo‘lsa, 1 nafar ayolning uyi ta’mirlab berilmoqda.

3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Muxammetali Xojamuratovning hisobotida qayd etilganilek, sektor hududida 2022 yilning dastlabki 6 oyi davomida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi doirasida “Temir daftar”dagi oilalarga jami 635,7 mln.so‘mlik turli xildagi yordam ko‘rsatilgan.

Qolaversa, mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida Tor yop mahallasining Dehqonbirlik ko‘chasi hamda Tor yop-Qilichboy avtomobil yo‘li ta’mirlanmoqda. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning 230 nafari ish bilan ta’minlandi. 88 nafar ayol-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun yordamlar va 155 nafar ayol-qizlarga tibbiy muolajalar ko‘rsatildi. “Temir daftar”dagi oilalarga jami 635,7 mln.so‘mlik turli xildagi yordam ko‘rsatildi.

4-sektor vakili, Amudaryo tumani Davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Azim Yusupovning hisobotida qayd etilganidek, o‘tgan 6 oy davomida sektor hududidagi Beruniy va Bo‘ston mahallalarining har birida 25 nafar bolaga mo‘ljallangan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari yangidan barpo etildi.

 Undan tashqari, sektor hududidagi ovul va mahallalarda istiqomat qiluvchi 49 nafar fuqarolar reablitatsiya-texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlandi.

Sessiya ishida sektorlar va tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi bo‘limi mudiri Erkin Rajabovning axboroti tinglandi.

Qabulxonaga 2022 yilning 30 iyun sanasiga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 905 ta masala bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan. Ushbu mkrojaatlarning 31,4 foizi ya’ni, 284 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 603 ta murojaatga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Shundan keyin sessiyada tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Muxammetali Xojamuratovning “Amudaryo tumanida 2022 yilning 2-choragida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan hisoboti tinglandi.Hisobotda tuman xududida profilaktika inspektorlari tomonidan joriy yilning 6 oyi yakuniga ko‘ra jami 471 ta shaxslar profilaktik hisobga olingan bo‘lib, ularga biriktirilgan murabbiylar bilan hamkorlikda muntazam ravishda profilaktik ishlar amalga oshirilib kelinayotgani aytib o‘tildi.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani bo‘limi boshlig‘i, adliya kichik maslahatchisi Mirtemir Davletmuratovning joriy yilning 6 oyi davomida Byuro tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bildirishnomasi tinglandi.

Qayd qilinganidek, Byuroning ish yurituvidagi 70 mlrd. 34 mln. so‘mlik 15 ming 491 ta ijro hujjatlaridan 27 mlrd. 304 mln. so‘m mablag‘ amalda undirilgan.

Shuningdek, sessiya ishida tuman mahalliy budjeti mablag‘larining 6 oy davomida sarflanishi to‘g‘risida tuman Moliya bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Bekniyazov hisobot berdi.

Ta’kidlanganidek, 2022 yil 6 oyi davomida budjet xarajatlari rejasi kiritilgan o‘zgarishlardan keyin jami 141. mlrd 783 mln. 988 ming so‘mni tashkil qilib, 2022 yil 6 oyi davomida budjet mablag‘lari xarajatlari hisobidan jami 136 mlrd. 220 mln so‘m mablag‘lar sarflangan.

Sessiya ishida “Meva sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda dehqon xo‘jaligining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning tumandagi ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari Islom Matkarimovning, “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Temir daftar”dagi 196 nafar oilalarga 368,3 mln. so‘m moddiy yordam ajratish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan tuman Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshlig‘i Jasur Davletovning hisobotlari tinglandi.

Sessiya yakunida kun tartibida barcha masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.