4-sektor rahbari boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi

Туман янгиликлари

Amudaryo tumani 4-sektor rahbari A.Seitov boshchiligida  4-sektorga biriktirilgan mahallalarning raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, mahalladagi yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2022 yil 1-2-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar muhokama qilinib, "Ogohlik — davr talabi", "Terorizm va diniy ekstremizm — jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzulari bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, yig‘ilishda hokim yordamchilari tomonidan joriy yil boshidan shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar ham muxokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 mart  kungi 145-sonli "XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA HAL ETISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi qaroriga asosan hududdagi ayol-qizlarni xatlovdan o‘tkazish, muammolarini o‘rganish va hal qilish yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 mart kuni “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologi­yalari, kitob o‘qishga qiziqi­shini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan video­selektor yig‘ilishida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusiga asosan  4-sektor hududidagi mahallalarga biritirilgan yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.