"Oqila ayollar" harakati a'zolari saylandi

Туман янгиликлари

Ularning vazifalari etib jamiyatda yangi ma'naviy-ahloqiy muhitni yaratish, milliy qadriyatlar, muqaddas urf-odatlarni yoshlarning ongiga singdirishga qaratilgan tizimli targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish, mahallalarda oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-onaning javobgarligini, namunali ota-ona bo'lishning ahamiyatini aholiga yetkazish, ayollar, ayniqsa, yosh qizlarni oilaga va Vatanga sadoqat, fidoiylik tuyg’ularini singdirish, “odobli qiz” va “ma’rifatli ona” ko'rinishini shakllantirishga qaratilgan is-ilojlarni amalga oshirish, farzand ayniqsa qizlar tarbiyasi, onalar ma'naviyatini takomillashtirish, oilalarda kitobxonlik madaniyatini takomillashtirish va ushbu kabi birqancha yumushlar belgilab berilgan. O'tkazilgan majlisda Amudaryo tumani hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig'i G. Saburova ushbu vazifalar haqida tumanimizdagi barcha hududlardan yig'ilgan fidoyi va tashabbuskor ayollarga tushuntirib o’tdi. Shundan so’ng tumanimizdagi 49 ta mahallaga  “Oqila ayollar” harakati a'zolari tayinlandi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati