Prezident Farmonining mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi

Туман янгиликлари

Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratib berish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida joriy yilning 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus Farmoni qabul qilindi. “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi mazkur Farmonda hudud iqtisodiyotini rivojlantirish bilan birgalikda ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur Farmon targ'iboti bo'yicha tuman hokimligi binosida bo'lib o'tgan uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yo'ldashev, hokim o'rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hokimlik mas'ul xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tuman hokimi Sultonboy Yo'ldashev Farmonning mazmun-mohiyati haqida keng tarzda tushuntirish berib, yig'ilish qatnashchilarini Farmonni targ'ib qilishda yanada faol bo'lishga chaqirdi
 

Tuman hokimligining Axborot xizmati