Tomorqa − yuqori daromad manbai

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish bo‘yicha bir qancha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.    
O‘tgan yillar davomida davlatimiz tomonidan Qonunlar, muhim Farmon, va Qarorlar, davlat dasturlari qabul qilinishi hamda ularning ijrosi izchil bajarilishi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy sub’ektlar sifatida shakllanishiga zamin yaratdi.
So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 sentabrdagi “Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-373-sonli qarorida mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda agrar sohada aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish, shuningdek, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlar yetishtirishni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish yuzasidan ir qancha vazifalar belgilangan.
Ayniqsa paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan past ball-bonitetli yer maydonlarida oilaviy tadbirkorlik doirasida kichik intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali  “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha katta imkoniyat yaratildi.
Yuqoridagi qarorga asosan orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan aholiga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilganda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan shaxslar yuqoridagi daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yil muddatga saqlab qolinishi belgilangan.
Xududimizdagi ekin yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha vazifalarini aniq belgilash hamda ularning javobgarligini kuchaytirish bilan bir qatorda tomorqa yer egalarining bilim va tajribalarini oshirish, ularga zarur ma’lumot va axborotlar bilan ta’minlash zarur. Zero – “Tomorqa - daromad manbaidir!”. Buni anglab yetgan ko‘pchilik tomorqasida mehnat qilishmoqda.

Amudaryo tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqalarni rivojlantirish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi

Sohiba Berdibayeva