Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni

Туман янгиликлари

Haftaning Payshanba kuni yurtimizda— “Profilaktika kuni” sifatida qaralib, joylarda mahalliy hokimliklar, ichki ishlar organlari, prokuratura xodimlarining jamiyatda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi faoliyatini yanada kuchaytiriladi. Mahallalarda “Profilaktika kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari mahallalarda, ta’lim muassasalari hamda korxona va tashkilotlarda aholi bilan yaqindan suhbatlashish, ayniqsa, profilaktika inspektorlari tomonidan o‘zi biriktirilgan hududda sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risida berilgan kunlik ma’lumotlarni tahlil qilish, har bir jinoyatni mahallada keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etish amaliyoti jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning yanada sog‘lomlashishiga zamin yaratmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun Amudaryo tumanidagi Bobur ovul fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tdi.  Unda tuman IIB boshlig‘i Jamladdin Yusupov hamda mahallaning faol fuqarolari ishtirok etishdi.  Tuman IIB boshlig‘i Jamaladdin Yusupov tumanda jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, xususan, ko‘rilayotgan choralar natijasida tumanda keyingi vaqtda uyushmagan yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar sonining kamayganligi to‘g‘risida so‘z yuritdi. Shuningdek, so‘zga chiqqanlar yurtimizda yoshlarning o‘qib, bilim olishi, halol mehnat qilib pul topishi va baxtli hayot kechirishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar, qolaversa, vaqtning qadriga yetish, undan unumli foydalanish kerakligi, kelajak uchun mustahkam poydevorni yoshlikda qurish muhim ekanligi haqidagi fikr-mulohazalar bildirildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.