Millatlararo tinchlik-totuvlik, diniy bag'rikenglik xalqimizning azaliy qadriyati

Туман янгиликлари

So‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘p millatli katta yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga yo‘naltirilgan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun mamlakatimizda mehnat qilayotgan millat va elatlarning vakillari o‘zlarining teng huquq va imkoniyatlaridan foydalanmoqda, turli sohalarda samarali mehnat qilib, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga va Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzini yana oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlar ushbu yo‘nalishdagi muvafaqqiyatli ishlarga mustahkam asos bo‘lmoqda.
Amudaryo tumani Janubi-g‘arb tomondan 144 km Turkmaniston Respublikasi bilan, sharq tomondan 38 km Xorazim viloyati Gurlan tumani bilan,
shimoli-sharq tomondan 23 km Beruniy tumani va 84 km Qorao‘zak tumani bilan chegaradosh.
Bugungi kunda tumanimizning aholi soni 206,4 ming nafar bo‘lib, shundan o‘zbeklar 187 441nafar (90,8 %) ni, qoraqalpoqlar 4 168nafar (2,01 %) ni, qazoqlar 9 328nafar (4,47 %) ni, turkmanlar 4 761 nafar (2,3 %) ni, ruslar
98 nafar (0,04 %) ni, tatarlar 456 (0,22 %), koreyslar 92 nafar (0,04 %) ni va boshqa millat vakillar 58 nafar (0,02 %) ni tashkil qiladi.
Amudaryo tumanining ma’muriy markazi – Mang‘it shahrida asosan rus millati, Beshtom Nazarxon, Kuyuk-ko‘pir, O‘rta qal’a ovullarida qozoq millati, Amir Temur nomli va Bo‘z yop ovullarida turkman millatiga mansub fuqarolar yashaydi.
Ushbu ovul va mahallalarda aholining yashash tarzi yaxshi bo‘lib, shu paytgacha milliy va etnik nizolar kelib chiqmadi. Aholi tinchlik va hamjihatlikda yashab kelmoqda.
“O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan turli tadbirlarda tumanda yashovchi turli millat vakillari ishtiroki ta’minlanmoqda. Jumladan, “Navro‘z” umumxalq bayrami, davlatimizningMustaqillik kuni va boshqa asosiy bayram tantanalarida tumanda yashovchi turli millat vakillari o‘z milliy urf-odatlarini keng tarannum etib, barchamiz uchun yagona bo‘lgan Vatanimizni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish qilib kelishadi. Inson qadri va sha’ni ulug‘langan muqaddas yurtimizda  inson qaysi millatga mansub bo‘lmasin, qaysi dinga e’tiqod qilmasin unga avvalo inson sifatida qaraladi. Shu sababdan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi har bir fuqaro Qonun oldida hamisha tengdir.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.