“KЕKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA NAZARXONLIK KЕKSALAR CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари

Amudaryo  tumanidagi Nazarxon ovul fuqarolar yig‘inida ham “Keksalar haftaligi” doirasida ijtimoiy-ma’naviy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Nogironligi bo‘lgan, yakka-yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, ularning salomatligini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda. Xususan, 7 oktabr kuni Nazarxon OFY aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli  Berdaq oilaviy shifokorlik punktida chuqurlashtirilgan  tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikni o‘tkazishda Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan tashkil qilinib, oila shifokori, nevrolog, kardiolog, okulist, terapevt, stomatolog, otolaringolog shifokorlari ishtirokida, ultratovush, elektrokardiogramma, va laborator tahlillari o‘tkazildi.

Ko‘rik  davomida tibbiy avtobus bilan Nazarxon OFY ning Sayko‘l, Belsendi, Derbent, Jipek joli hududlariga borilib,  66 nafar qariyalar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik natijasida 44 nafar fuqaroda turli xildagi kasalliklar  aniqlanib, ularning 41 nafariga ambulator  sharoitda, 3 nafar bemorga kasallik turlariga qarab, statsionar davolanish  va sog‘lomlashtirish   bo‘yicha tavsiyalar berildi.  3-4-guruhga kiruvchi, uyda yotib qolgan bemorlar holidan xabar olinib, mehr-muruvvat yordami ko‘rsatildi va bepul  dori-darmonlar berildi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan fuqarolarga shifokorlar hamda  Tibbiyot birlashmasining Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish bo‘limi tomonidan kasalliklarning oldini olish borasida  to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlarga berilmaslik, ruhiy osoyishtalik, shaxsiy va jamoat gigiyenasi, kun tartibi, tibbiy madaniyat tushunchalari to‘g‘risida maslahatlar berildi hamda ushbu mavzularga oid 35 xildagi eslatma va bukletlar tarqatildi.

Robiya YO‘LDOSHЕVA