Huquqbuzarliklar profilaktikasi o'tkazildi

Туман янгиликлари

Joriy yilning 13 oktabr kuni Amudaro tumani Do'rman OFY hududida huquqbuzarliklar profilaktikasi o'tkazildi.
Profilaktika IIB profilaktika noziri, DXX ChQ xodimlari, "Yoqub eshon bobo" jome masjidi bosh imom- xatibi va shu qatorda maktab direktori tomonidan olib borildi.
Ushbu profilaktikada  mahalla faollari, maktab direktorlari, ko'cha boshilari va targ'ibotchilar qatnashdi.
Kun tartibi bo'yicha  aholi o'rtasida qonun buzulishlarining oldini olish, internet saytlaridan to'g'ri foydalanish va turli xil diniy, terroristik oqimlar ta'siriga tushib qolmaslik, Davlat Chegarasi rejimiga rioya qilish hamda uni buzganlik uchun jazo chorlalari qo'llanish tartibi, majburiy mehnatga qarshi kurashish, qimor o'yinlarini o'ynamaslik, yoshlarni nazoratga olish, ogoh va hushyor bo'lish haqida tushunchalar berib o'tildi.
Hurmatli fuqarolar bu kabi illatlardan ogoh bo'ling.
Har qanday huquq buzilishi va shubhali shaxslar haqida tegishli organlarga xabar bering.