SUD MAS’ULLARINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalarning muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini sud orqali ishonchli ximoya qilish maqsadida olis qishloq va mahallalarda sud mas’ullarining sayyor qabullari o‘tkazilib kelinmoqda.

Shu yil 22 oktabr kuni Beshtom mahallasi va Nazarxon ovulida Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi mas’ullari, Iqtisodiy ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudi sudyasi Bayram Bekmuradovlarning ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda 31 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, ko‘rib chiqildi.

Qabul davomida 5 nafar fuqaroning meros bo‘lib qolgan uy-joyiga kadastr hujjat tayyorlash, 4 nafar fuqaroning kadastr agentligi tomonidan solingan jarima jazosidan noroziligi, 4 nafar fuqaroning oilasiga moddiy yordam masalasida, 6 nafar fuqaroning kredit masalasida, 3 nafar fuqaroning ichimlik suv masalasida, 2 nafar fuqaroning o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomasini olish masalasida va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabuldan so‘ng, sud mas’ullari “Korrupsiyaga qarshi kurashish, odam savdosi, ayniqsa, chaqaloq savdosining oldini olish va Oila va xotin qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir” Prezident Farmonining, O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berib o‘tdi.

Qabulda ishtirok etgan fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan sud-huquq sohasiga doir masalalar yuzasidan savollari bo‘yicha tegishli javoblar oldilar.

J.O‘razboyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi raisi.