Yil yakunida bir guruh fidoiylarning mehnatlari e’tirof etildi

Туман янгиликлари

29 dekabr kuni Amudaryo tuman hokimligining majlislar zalida yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ko‘p yillik samarali faoliyati, fidoiyligi va mehnatsevarligi, jamoat ishlaridagi faolligi hamda olib borayotgan ezgu ishlari, yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik jarayonidagi tashabbuskorligi uchun bir guruh yurtdoshlarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev, sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev 2022 yilda tumanda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, erishilgan muvaffaqiyatlar, aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro‘y bergan muhim o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda dastlab Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining faol va tashabbuskor deputatlari taqdirlandi. “Eng adolatli deputat” nominatsiyasiga Bahrom Qodirov, “Xalqparvar deputat” nominatsiyasiga Tamara Yusupova, “Mehnatkash deputat” nominatsiyasiga Gulshod Yusupova, “Faxriy deputat” nominatsiyasiga esa Ro‘zimboy Nurimbetov munosib deb topildi.

Shuningdek, tadbirda tumandagi turli muassasa va tashkilotlarda ko‘p yillardan buyon o‘z kasbiga vijdonan yondoshib, sadoqat bilan faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh fidoyilar tuman hokimligining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova barchani yangi yil bilan tabriklab soha fidoylariga mehnat faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.

Tadbirda turli soha vakillari − o‘qituvchilar, shifokorlar, huquqni muhofaza qilish organlari, ommaviy axborot vositalari, iqtisodiy va ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlarning ishchilari hamda kommunal soha korxonalarining xizmatchilari, faol yoshlar va ayol-qizlarning 24 nafariga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

Undan tashqari, tuman hokimi yangi yil munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning bir guruh bolalariga qishki kiyim-kechaklar to‘plamini topshirdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldoshev har bir bolajonga maktabni a’lo baholarga tugatib, el yurt koriga yaraydigan munosib farzand bo‘lishi lozimligini aytib, bayram bilan samimiy qutladi.

Tadbir yakunida tuman hokimi 2023 yilda ham tumanda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishini, ta’lim tizimida katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini aytib, islohotlarni faqatgina bir tanu bir jon bo‘lib, xalqimiz bilan birgalikda amalga oshirish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi hamda barchani yangi 2023 yil bilan samimiy qutladi.

Shu kuni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Rashid Salayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mansur O‘razboyevlar ko‘p yillar davomida davlat boshqaruv organlarida samarali tarzda faoliyat yuritgan mehnat faxriysi Bahrom Jumaniyazovning xonadoniga tashrif buyurishdi hamda mehnat faxriysini yangi yil bilan tabriklab, tuman hokimligining qimmatbaho sovg‘alarini topshirdi.

Yangi yil arafasida tumandagi mehnat fidoyilari, bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, yoshi ulug‘ nuroniylarning hech biri e’tibordan chetda qolmadi. Ularning holidan xabar olinib, bayram sovg‘alari topshirildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati