Ishsiz ayol tadbirkorga aylandi

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda ertangi kun egalari bo‘lgan yosh avlodni dunyoga keltiruvchi ayol-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, banligini ta’minlash, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga har tomonlama e’tibor berib kelinmoqda.
Shu o‘rinda aytish lozimki, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun bandiligini ta’minlash hamda kasbga o‘rgatish muhim masala hisoblanadi.
Bu borada mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari samarali tarzda faoliyat yuritishmoqda. Amudaryo tumaninig Oybek nomli mahallasida istiqomat qiluvchi Umida Baltabayeva hokim yordamchisi Mahmud Saparbayev hamda xotin-qizlar faoli Nargiza Xolbayevaning ko‘magi bilan 33 mln.so‘m miqdorda imtiyozli kredit olib non va non, qandolatchilik mahsulotlari va boshqa xildagi pishiriqlar pishirishga mo‘ljallangan uskunarni xarid qildi.
Bugungi kunda u “Umida pishiriqlari” nomi ostida sex ochib elimizning yaxshi kunlari uchun non va patirlar, pishiriqlar tayyorlamoqda. Uning sexida pishgan mahsulotlarni tadbirkorlar ulgurji narxlarda xarid qilishadi.
Tadbirkor ayol har bir nonni 2500 so‘mdan sotadi. Umida Baltabayevaning mahsulotlaridan bir kunda 700-800 ming so‘mdan 1 mln.so‘mgacha daromad oladi.
Oldin “Ayollar daftari”da turuvchi, ishsiz bo‘lgan Umida Baltabayeva xech ikkilanmasdan o‘zining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
…“Ilgari tadbirkor bo‘lish juda qiyin bo‘lsa kerak deb o‘ylardim. Xalqimizda “Ko‘z-qo‘rqoq, qo‘l-botir” degan naql bejizga aytilmagan ekan.  Hayriyatki, hokim yordamchimiz va xotin-qizlar faolimizning bevosita ko‘magi, “oyoqqa turib” ketgunimcha mendan doimiy ravishda xabar olib turishlari orqali ishlarim yurishib ketdi”− deydi u.
Bugungi kunda Umida 3 nafar mahalladoshini ham ish bilan ta’minlab shogirdlar chiqarmoqda.
Yosh bo‘lishiga qaramasdan intiluvchan va mehnatkash Umidaning bundan keyingi ish faoliyatiga omad tilaymiz!

Tuman hokimligining Axborot xizmati