TARAQQIYOTGA MASHAQQATLI VA JASORATLI MЕHNAT ORQALI ERISHILADI

Туман янгиликлари

2017 yil dekabridan beri har yili davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnoma  yo‘llashi an’anaga aylandi. Joriy yilning 20 dekabrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasini butun yurtimiz Fuqarolari qatori men ham ulkan qiziqish va hayajon bilan tingladim.

Murojaatnomada bildirilganidek, sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 mlrd. dollardan oshgan. Eksport esa 19 milliard dollarga yetgan.

Soha mutaxassisi sifatida bunda qishloq xo‘jalik mahsulotlari muhim o‘rin tutadi, deb ishonch bilan ayta olaman. Keyingi yillarda ishsiz  yoshlarga, ayollarga qishloq xo‘jaligida foydalanilib kelinayotgan ekin maydonlari uzoq muddatga ijara  berilib, eksportbop mahsulotlar, mevalar yetishtirishiga keng yo‘l ochilayotgani samarasi bu.

O‘tgan yili mamlakat bo‘yicha 100 ming gektar, tumanimiz bo‘yicha 846 gektar yer fuqarolarga tanlov asosida bo‘lib berilib, bandligi ta’minlangan edi. Bu tumanimiz xalqi dasturxoni to‘kin bo‘lishiga zamin bo‘ldi, desak adashmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, dehqonlarga urug‘liklar yetkazib berilib, yerlarni ekishda yordam ko‘rsatilayotgani ularga juda qulaylik bo‘ldi.

Kelgusi 2023 yilda ham respublika bo‘yicha suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yana 100 ming  gektar qo‘shimcha ekin maydonlari aholiga  ajratilishini eshitib, juda quvondim. Bu qishloqlarda yashayotgan 1 mln.dan ziyod aholining  bandligi ta’minlanib, daromadga ega bo‘lishiga erishiladi, degan so‘zdir.

Muhimi, bizning xalqimiz mehnatkash, ko‘ngli oq, intiluvchan. Ular ertangi kunini o‘z mehnatlari bilan obod, farovon etish uchun astoydil intilaveradilar.

Yurtboshimiz ta’kidlaganlariday, “Taraqqiyotga – faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi”.

Javlon RAJABOV, tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va

tomorqa yer egalari Kengashi agronomi.