BARCHA BUNYODKORLIK ISHLARI XALQ FAROVONLIGI UCHUN

Туман янгиликлари

Tarixga muhrlanayotgan 2022 yilda Amudaryo tumani hududida barcha manbalar hisobidan 77 ta obyektda qiymati 112,7 mlrd. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan  bo‘lib, investitsiya dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida 7 ta obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli tarzda olib borilmoqda. Investitsiya dasturi doirasida "Mang‘it arna" kanalining 4,8 km. qismini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar sifatli davom ettirilmoqda. Shuningdek, ushbu dastur  doirasida 18-sonli, 36-sonli, 56-sonli, 39-sonli maktablar binolari to‘liq rekonstruksiya qilindi. 17,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga ko‘ra, tumanda umumiy qiymati 40 mlrd. 321,9 mln. so‘mlik bo‘lgan 7 ta obyektda qurilish-ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan edi. Mazkur dastur doirasida 28-sonli MTT, 14-sonli, 55-sonli, 76-sonli maktablar to‘liq rekonstruksiya qilindi va loyiha qiymati 14 mlrd. 237,8 mln. so‘mlik 90 o‘rinli yangi tug‘ruqxona binosini qurish hamda loyiha qiymati 2 mlrd. 252,9 mln. so‘m bo‘lgan Mang‘it shahrining Barkamol avlod, Jumurtov, Tadbirkorlar, Shifokorlar va Xalqlar do‘stligi ko‘chalarida Salomatlik yo‘lakchalarini barpo etish ishlari jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda.

Tumanda aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Mang‘it shahrining Farovon MFY hududida 2022 yil davomida buyurtmachi tashkilotlar tomonidan 6 ta, tadbirkorlar tomonidan 4 ta, har birining qiymati 5,5 mlrd. so‘mlik, jami 10 ta ko‘p qavatli turar joylar qurish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur hududdagi qurilish ishlari sifatli davom ettirilmoqda.

Joriy yilda “Osiyo taraqqiyot banki” mablag‘lari hisobidan 33,41 mln. dollarlik 3 ta suv taqsimlash inshootini qurish va rekonstruksiya qilish hamda 291 km. uzunlikdagi ichimlik suv magistral va ichki tarmoqlarida rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha 2022 yilda ijtimoiy-iqtisodiy muammolari eng ko‘p bo‘lgan hududlar o‘rganib chiqilib, Ayoqchi mahallasi va To‘lqin ovuli mazkur dasturlarga kiritildi va ushbu hududlarda keng qamrovli qurilish-ta’mirlash,  rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, yangi aloqa liniyalarini tortish ishlari davom ettirilmoqda.

Tumanda amalga oshirilayotgan jamiki bunyodkorlik ishlari xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega.

N.Kamolov, tuman hokimi o‘rinbosari.