Dinimizda Vatanni himoya qilish - ulug‘ amal

Туман янгиликлари

Ona Vatan! Nima uchun Vatanni ona so‘zi bilan yonma-yon ishlatamiz? Chunki, Vatan ham onamiz singari aziz, mehribon va qadrlidir. Inson dunyoga kelmasidan avval onaning vujudida ulg‘aysa, dunyoga kelganidan keyin esa endi Ona Vatanda unib o‘sadi. Kishining tug‘ilganda kindik qoni to‘kilgan yer uning Vatani hisoblaniladi. Mana shu Vatanini asrab-ardoqlash, ximoya qilish xar bir insonning muqaddas burchidir.

Bu yil Respublikamiz Qurolli Kuchlari tashkil topganiga 30 yil to‘ladi. Bunday qisqa vaqt davomida milliy armiyamiz hech bir mamlakatdan ortda qolmaydigan darajadagi qurol-aslahalarga, jangovor uskunalarga ega bo‘ldi. Respublikamiz Qurolli Kuchlarida xizmat qilayotgan askarlarning saviyasi esa ham ma’nan, ham jismonan yuksak darajaga yetib ulgirdi desak aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Yurtitmizda xar yili 14-yanvar kuni «Vatan himoyachilari kuni» ga bag‘ishlab turli bayram dasturlari, ko‘rik-tanlovlar, davra suxbatlari, musobaqalar o‘tkaziladi va o‘z Vataniga chin sadoqat bilan hizmat qilib kelayotgan bir qator xarbiylarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bunday dasturlar Vatanimiz himoyachilarini rag‘batlantirishga hizmat qilibgina qolmay , atrofdagi yoshlarga vatanga mehr-muhabbat, vatanimiz himoyachilariga nisbatan yuksak ehtirom tuyg‘ularini shakillanib borishiga yordam beradi va bo‘lajak Vatan himoyachilari ma’naviyatlarini yuqori darajaga ko‘tarib, jismonan baquvvat, aqlan yetuk, sergak bo‘lib kamolotga yetishishlarida katta ahamiyat kasb etadi.

Darxakikat, Vatan - mukaddas makon. Uni himoya kilish, dushmanlardan asrash, uning ravnaki va farovonligi yo‘lida xizmat qilish xar bir inson uchun ham farz, xam  karzdir. Dinimizda Vatanni ximoya qilish ishiga o‘zini baxshida etish eng ulug‘ savobli amallardan ekanligi aytilgan. Bu to‘g‘rida Payg‘ambarimiz sallalloxu alayxi vasallam shunday deganlar: "Ikki ko‘z egasini do‘zax otashi kuydirmas: biri -Allohning qo‘rqib yig‘lagan ko‘z, ikkinchisi - Alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilib bedor bo‘lgan ko‘z" (Imom Termiziy rivoyatlari). Ulamolar "Alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilib bedor bo‘lgan ko‘z" iborasini Allox taoloning yo‘lida Vatan sarhadlarini dushmanlardan saqlash, insonlar tinchlik-osoyishtilagini ta’minlash uchun qo‘riqchilik qilgan ko‘z sohibi deb sharxlaganlar. Har bir fukaro o‘z Vatanini sevsa, uni ximoya qila olsa, ana shundagina Vatan va uning xalqi rivojlanadi, taraqqiy topadi. Vatanni qo‘riqlash va uni himoya  qilish faqat Vatan ximoyachilarini emas balki, xar bir yurt vakilining burchidir. Shunday ekan, har birimiz kindik qoniniz to‘kilgan ushbu Vatanni, shu mustaqil yurtni ko‘z qorachig‘imizday asrab-avaylashimiz - oilamiz, sha’nimiz, or-nomusimiz va imon-e’tikodimizni ximoya qilish kabidir. Allox taolo Yurtimizni tinchlik osoyishtaligini abadiy qilsin. OMIN!

O‘ktam Qurbaniyazov No‘g‘oy eshon jome’ masjidi imom xatibi