Tuman hokimining shaxsiy qabuli bo'lib o'tdi

Туман янгиликлари

2023 yil 16 yanvar kuni tuman hokimligi binosida tuman hokimining shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda 32 nafar fuqarolardan 34 ta murojaat kelib tushdi.  Kelib tushgan murojaatlar asosan moddiy yordam ajratish, subsidiya asosida uy-joy olish, ishga joylashishga ko‘maklashish, turar-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashish, kuz-qish mavsumida ko‘mir ajratib berish, sog‘ligini tiklashga ko‘maklashish hamda davolanishlari uchun yo‘llanma berish, dehqonchilik qilish uchun yer maydoni ajratib berish, mulk huquqini e’tirof etish hamda kommunal xizmat ko‘rsatishga oid masalalar xususida bo‘ldi.
Kelib tushgan 34 ta murojaatning 8 tasi joyida ijobiy hal qilingan bo‘lsa, 14 murojaat huquqiy maslahat berish orqali hal qilindi. 7 ta murojaat egalariga tushuntirishlar berildi. 5 ta murojaat ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

Ma’lumot uchun: 2022 yilda 47 marta shaxsiy qabul o‘tkazilgan, 1549 nafar fuqaro qabul qilingan. Moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan 46 nafar fuqaroga tuman hokimi tomonidan 12 670 000 so‘m moddiy yordam ko‘rsatilgan.