YO‘LLAR RAVON, KO‘CHALAR OBOD, TURMUSH FAROVON BO‘LADI

Туман янгиликлари

Bugungi kunda xalq orasida bo‘lish, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, dard-u tashvishlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish, mahallabay tizimida ish yuritish kabilar davlatimiz rahbari tomonidan tashkil etilgan 4 ta sektor va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari zimmasidagi asosiy vazifa hisoblanadi. Shu bois, hududlarda aholiga qiyinchilik tug‘dirayotgan mavjud kamchiliklar o‘rganilib, ularga joyida yechim topilmoqda.

Prezidentimizning bu boradagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan tumanimizning barcha hududlarida aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish va infratuzilmani rivojlantirish maqsadida 25 mlrd. 595 mln. so‘m pul mablag‘lari ajratilishi belgilangan edi. Ushbu mablag‘lar hisobidan jami 26 ta obyekt, shundan 20 ta mahallada ichki yo‘llarni ta’mirlash, 2 ta mahallada suv inshootlarini rekonstruksiya qilish, 2 ta mahallada mahalla ma’muriy binosini va 1 ta mahallada bolalar sport maydonchasini yangidan qurish, 1 ta mahallada elektr tarmoqlarini tortish rejalashtirildi. Shundan 1-sektor hududida 3,4 mlrd. so‘mlik 5 ta loyihani amalga oshirish belgilab olindi.

Sektor hududidagi Besh tom mahallasida qiymati 464,7 mln. so‘mlik jami 3,9 km. uzunlikdagi ichki ko‘cha yo‘llari ta’mirlanadi. Bunda Qipchoq-1-, 2-uchastkasining 0,5 km., Qizil uy-4-, 1-, 2-, 3-uchastkasining 0,8 km., Qizil uy-5-, 6-ko‘chalarining  0,6 km., Sofdil-1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 9-ko‘chalarining 2 km. qismida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Daryo bo‘yi mahallasi hududida qiymati 664,1 mln. so‘mlik 3,2 km. uzunlikdagi ichki ko‘cha yo‘llari ta’mirlanishi belgilangan bo‘lib, bunga Oromgoh ko‘chasining 0,3 km., Taraqqiyot-1-, 6-ko‘chalarining 1,2 km., Taraqqiyot-5-, 1-, 2-, 3-uchastkasining 0,6 km., Taraqqiyot-3, 1-, 2-, 3-uchastkasining 0,8 km. qismi kiradi.

Shuningdek, Oybek nomli mahalla hududida ham qiymati 1,2 mlrd. so‘mlik 6,4 km. uzunlikdagi ichki ko‘cha yo‘llarini ta’mirlash ishlari bajariladi. Ta’mirlash ishlari Bobur nomli ko‘chaning 0,3 km., Qardoshlar 1-, 2-uchastkasining  0,4 km., Ravnaq ko‘chasining 0,2 km., Alpomish-1-,2-, 3-uchastkasining 0,8 km., Fitrat nomli 1-, 2-, 3-uchastkaning 1,3 km., Istiqlol,  Gulshan ko‘chalarining 0,3 km., Ming-chinor-4-, 1-, 2-uchastkasining 0,37 km.,  Mingchinor-3-, 1-, 2-uchastkasining 0,38 km., Mingchinor-2-, 1-, 2-uchastkasining 0,3 km., Mingchinor-1 1-, 2-uchastkasining 0,35 km., Mingchinor-5-, 6-uchastkasining 0,6 km., Iftixor-1-, 2-uchastkasining 0,4 km., Chorbog‘-1-, 2-uchastkasining 0,5 km. qismida amalga oshiriladi.

Gulzor mahallasi hududida esa 920 mln. so‘mlik 5,2 km. uzunlikdagi ichki ko‘cha yo‘llari ta’mirlanadi. Istiqbol-1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-ko‘chalarining 4,0 km., Usmon Nosir-1-, 2-, 3-, 4-ko‘chalarining 1,2 km. qismida joriy ta’mirlash ishlari bajariladi.

Undan tashqari, Qipchoq shaharchasi hududida ham 100 mln. so‘mlik 2 km. uzunlikda SIP-35 elektr kabelini yangidan tortish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda tender savdolari natijalariga ko‘ra, belgilangan tartibda pudratchi tashkilotlari aniqlanib, qurilish ishlari boshlanmoqda.

Yo‘llarni ravon, ko‘chalarni obod qilib, xalqimiz uchun  qulay sharoitlar yaratish, aholi farovonligini ta’minlash bugungi kundagi dolzarb vazifa sanaladi. Shu bois, odamlarni hayotdan rozi qilish, turmush tarzini yanada yaxshilash, ularning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlarni qizg‘in va jadal davom ettiramiz.

S.Yo‘ldashev, tuman hokimi,

1-sektor rahbari.