MAHALLALAR OBOD GO‘SHAGA AYLANADI

Туман янгиликлари

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq bilan doimiy muloqotda bo‘lish va turmush farovonligini yanada oshirish, ayniqsa qishloqlar infratuzilmasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish maqsadida hududlarda sektorlar rahbarlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ko‘plab muammolarni joyida va tezkor hal etish imkonini bermoqda.

Tuman hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish va infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida ajratilgan mablag‘lar hisobidan 3-sektor hududida qurilish-ta’mirlash, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, hududdagi ovul va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 1580,6 mln. so‘mlik 5 ta loyihani amalga oshirish 2022-2023 yil rejasiga kiritildi.

Xususan, 3-sektor hududidagi Jumurovul mahallasining Shijoatli ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi uchun qulaylik yaratish, mazkur ko‘chaning 1,2 km. qismini  joriy ta’mirlash maqsadida 222,5 mln. so‘mlik mablag‘ ajratildi.

Shuningdek,   Bo‘z yop ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi uzunligi 2,433 km. bo‘lgan Yangi hayot-1-, 2-uchastka, Bo‘zariq-1-, 2-, 3-uchastka ko‘chalarini, Durunki mahallasi hududidagi uzunligi 0,392 km. bo‘lgan Turkiston ko‘chasini, Boyovul mahallasi hududidagi uzunligi 0,610 km. bo‘lgan Bahor ko‘chasini, Oq oltin ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi uzunligi 1,097 km. bo‘lgan Dehqonobod-1 va Dehqonobod-2 ko‘chalarini joriy ta’mirlash rejalashtirilgan.

Ayni paytda barcha obyektlarning tender savdolari nihoyasiga yetib, belgilangan tartibda pudratchi tashkilotlari aniqlandi va 5 ta obyektda ham qurilish ishlari boshlanmoqda.

 J.YUSUPOV, tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari.