HUDUDLAR INFRATUZILMASI YANADA YAXSHILANADI

Туман янгиликлари

Tumanimizning 4-sektori hududida ham bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Sektordagi Namuna mahallasi hududida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida qiymati 5mlrd 597,2 mln. so‘mlik 1 ta tozalangan suv tarqatish inshootini yangidan qurish va 7,1 km. uzunlikdagi suv tarmoqlarini yangidan tortish, Qumyop mahallasida qiymati 6 mlrd. 641,6 mln. so‘mlik 1 ta tozalangan suv tarqatish inshootini yangidan qurish va 10,1 km. uzunlikdagi suv tarmoqlarini yangidan tortish ishlari amalga oshiriladi.

Undan tashqari, hududdagi 4 ta ovul va mahallalarda umumiy qiymati 1 mlrd. 889,1 mln. so‘mlik jami 8,131 km. uzunlikdagi ichki yo‘llar ta’mirlandi.

Qangli ovulining ko‘chalarini joriy ta’mirlash uchun 470,8 mln. so‘m mablag‘ ajratish belgilangan. Mazkur mablag‘ evaziga Amu bo‘yi-1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-, 8-ko‘chalarining 1,960 km. qismiga tosh-shag‘al yotqiziladi. Shuningdek, Beruniy nomli mahallasi Al-Xorazmiy va Abdulla Qahhor nomli ko‘chalarning jami 618 metr uzunlikdagi qismiga asfalt qoplamasini yotqizish uchun 409,8 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Undan tashqari, Bo‘ston mahallasidagi Binokorlar, Mustaqillik, Nukus, Qo‘shchig‘ir, Nurafshon-1-,2-, Said Ahmad-1-, 2-, 3-ko‘chalarini joriy ta’mirlash maqsadida 838,0 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, jami 4,618 km. uzunlikdagi yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizish ishlari amalga oshiriladi.

Navoiy nomli mahallaning Bo‘stonliq 1-, 2-, 3-, 4-, 5-ko‘chalarini joriy ta’mirlash maqsadida 170,5 mln. so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Bugungi kunda barcha obyektlarning tender savdolari yakunlanib, belgilangan tartibda pudratchi tashkilotlar aniqlandi va qurilish ishlari boshlanmoqda.

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida qabul qilingan Prezident Qarori orqali nafaqat 4-sektor hududida, balki Respublikamizdagi ko‘plab mahallalarning qiyofasi tubdan o‘zgarib, aholining yashash sharoiti yaxshilanadi, turmushi farovon bo‘ladi.

 Shu o‘rinda aytish lozimki, qabul qilinayotgan qonun hujjatlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad faqat bitta - u ham bo‘lsa xalq farovonligini ta’minlashdir.

A.Seyitov, tuman DSI  boshlig‘i, 4-sektor rahbari.