BUNYODKORLIKLAR AHOLI TURMUSHI SIFATINI OSHIRISHGA XIZMAT QILADI

Туман янгиликлари

Keyingi yillarda davlatimizning asosiy e’tibori inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, aholining turmush darajasini oshirish, munosib hayot sharoitlarini yaratishga qaratilmoqda.

Hududni rivojlantirish maqsadida ajratilgan mablag‘lar  hisobidan tumanning 2-sektori xududida 1981,2 mln. so‘mlik 3 ta loyiha amalga oshiriladi. Xususan, Do‘stlik mahallasi hududida qiymati 334,3 mln. so‘mlik universal bolalar sport maydonchasini yangidan qurish ishlarini ado etish uchun “Mang‘it Ideal qurilish” MCHJ tenderda qatnashib g‘olib bo‘ldi va loyihalashtirish ishlari davom etmoqda. Bugungi kunda 2-sektor hududida joylashgan Xizr eli hamda Yuqori qishloq mahallalarining ma’muriy binolari mavjud bo‘lmaganligi sababli qiymati 1 mlrd. 646,9 mln. so‘mlik, ya’ni Xizr eli mahalla fuqarolar yig‘ini binosini yangidan qurish ishlariga 820.9 mln. so‘m, hamda Yuqori qishloq mahalla fuqarolar yig‘ini binosini yangidan qurish ishlariga 826 mln. so‘m ajratildi va bugungi kunda pudratchi tashkilotlar aniqlanib, barcha obyektlarning qurilish ishlari boshlanmoqda.

Bundan tashqari, 2-sektor hududidagi Arna bo‘yi, Besh ovul, Bo‘z solma mahallalari, Do‘rman, O‘rta qal’a, Qilichboy ovullari hamda Do‘stlik mahallasida jami 22.3 km. ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 4,5 mlrd. so‘m pul mablag‘i ajratilib, loyihalashtirish ishlari davom etmoqda.

Arna bo‘yi mahallasi hududida joylashgan Sharq-2 ko‘chasini joriy ta’mirlash uchun 800 metr masofaga 132,1 mln. so‘m pul mablag‘i, Qilichboy ovuli hududida joylashgan Oftob 1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7- va Tijoratchilar ko‘chalarini joriy ta’mirlash uchun 2,665 km. masofaga 441,5 mln. pul mablag‘i, O‘rta qal’a ovuli hududida joylashgan Mirobod ko‘chasini joriy ta’mirlash uchun 865 metr masofaga 322,2 mln. so‘m pul mablag‘i ajratilib, Beruniy yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Do‘rman ovulida joylashgan Bo‘zchi-1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-ko‘chalari va Bekobod 1-, 2-, 3-, 4-, 5-ko‘chalarini joriy ta’mirlash uchun 5,477 km.  masofaga 1126,4 mln. so‘m pul mablag‘i, Besh ovul mahallasi hududida joylashgan Orzu-1-, 2-, 3-, 4-, Sohibkor-1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6- hamda Ixtirochilar-1-, 2-ko‘chalarini joriy ta’mirlash uchun 4,379 km. masofaga 826,4 mln. so‘m pul mablag‘i, Bo‘z solma mahallasi hududidagi Aydin yo‘l, Matonat, Obod makon 1-, 2-, 3-, 4-, 5- hamda Matonat 2-uchastka ko‘chalarini joriy ta’mirlash uchun 5,448 km. masofaga 1140,2 mln. so‘m pul mablag‘i, Do‘stlik mahallasi hududidagi Iqbol-1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7- ko‘chalarini joriy ta’mirlash uchun 2,737 km. masofaga 511,7 mln. so‘m pul mablag‘i ajratilib, Taxiatosh yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Amalga oshirilayotgan buningdek o‘zgarishlar xalqimiz turmushi sifati oshishiga xizmat qiladi. Zero, davlatimizning bosh maqsadi ham xalqimiz turmushi obod, dasturxoni to‘kin bo‘lishiga erishishdir.

A.RO‘ZMЕTOV, tuman prokurori, 2-sektor rahbari.