Qipchoq ovulida hokim yordamchisi aholiga hisobot berdi

Туман янгиликлари

24 yanvar kuni Amudaryo tumani 1-sektor hududidagi Qipchoq ovul fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi sifatida o‘z ish faoliyati olib borayotgan Ma’murjon Temirboyev ovul vakillariga o‘tgan 2022 yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda 2023 yilga mo‘ljallangan rejalari hususida hisobot berdi.

Yig‘ilishda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Koraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bosh yuriskonsulti Aydos Seytkamalov hamda Murojaatlar bilan ishlash buyicha bo‘lim boshlig‘i Berdax Umirbayev, Amudaryo tumani Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi direktori Siroj O‘razmatovlar ishtirok etishdi.

Hokim yordamchisi o‘tgan 2022 yil davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash hamda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida salmoqli ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan, 635 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 3764 nafar aholi orasidan ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan, ammo qo‘shimcha daromad topishni istayotgan oilalar aniqlandi. Hokim yordamchisining ko‘magi bilan 56 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratildi.

Shuningdek, doimiy daromad manbaiga ega lekin qo‘shimcha daromad topish istagidagi fuqarolarning 5 nafari issiqxona, 17 nafari tikuvchilik, 4 nafari asalarichilik, 3 nafari parrandachilik, 6 nafari chorvachilik, 21 nafari xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdi. Undan tashqari, 11 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga subsidiya ajratildi.

Umuman olganda, hokim yordamchisi tomonidan 2022 yil davomida Qipchoq ovuli hududida katta ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, 14 ta yangi tadbirkorlik subyektlari barpo etildi, 120 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Ushbu fuqarolarning o‘rtacha oylik daromadlari esa 1,5-2 mln. so‘mni tashkil etmoqda.

Yig‘ilish davomida hokim yordamchisi Ma’murjon Temirboyev Qipchoq ovul fuqarolar yig‘inida 2023 yil davomida amalga oshiriladigan rejalar bilan ham tanishtirib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, mahalladagi iqtisodiy holat, shu jumladan, aholining bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalari, tomorqa yerlaridan foydalanish holatlari hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishlari va ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash davom ettiriladi. Yer maydonlarda bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish orqali eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish ko‘paytiriladi hamda aholining keng qatlamlari tomonidan ushbu yerlardan samarali foydalanish tizimi yaratiladi.

Shuningdek, 2023 yil yakuniga qadar 135 nafar fuqaroni doimiy ishga joylashtirish, 140 nafar fuqaroning o‘zini-o‘zi band qilishiga ko‘maklashish, yer ajratish hisobiga 50 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash, ovulning ichki ko‘chalariga 40 ta yangi simyog‘och, 60 ta tungi chiroqlar o‘rnatish, 2 ta ijtimoiy soha obyektlarining ishga tushirilishiga ko‘mak berish ko‘zda tutilmoqda.

Yig‘ilish davomida aholi vakillari hokim yordamchisiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishlicha javoblar olishdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati