TIBBIYOT XODIMLARI OMMAVIY SPORT TADBIRLARIDA FAOL ISHTIROK ETISHDI

Туман янгиликлари

Tuman Tibbiyot Birlashmasi xodimlari o‘rtasida ommaviy sport tadbirlari  o‘tkazildi.

16 mart kuni Navro‘z bayramiga bag‘ishlab tuman Sport maktabi maydonchasida o‘tkazilgan ushbu tadbirlarda sportning faol yurish, gimnastrada, va 50 metrga yugurish, velosayr, shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Tibbiyot xodimlari musobaqalarda faol qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishga harakat qilishdi.

Ommaviy sport targibot tadbirlarida jami  96 nafar xodim ishtirok etdilar. Ertalabki badantarbiya, gimnastika mashg‘ulotlari, musiqa sadolari ostida faol yurish tadbirlariga 72 nafar xodim  jalb etildi. Velosayr musobaqalarida ham 18 nafar xodim qatnashdi.  Shuningdek, 50 metrga yugurishda 12 nafar ishtirokchi katnashib, 1-o‘rinni  ma’muriyat kichik tibbiy xodimi Dildora Bozorboyeva, 2-o‘rinni bolalar reanimatsiyasi bo‘limi hamshirasi Oygul Eshniyazova, 3-o‘rinni  ASTTKK va JFO bo‘limi hamshirasi Shohista Isayevalar egallashdi. Shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol musobaqalarida ham g‘oliblar aniqlandi.

Sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan tibbiyot xodimlariga faxriy yorliqlar va sovg‘alar topshirildi.

J. Yavkashev, TTB ASTTKK va JFO bo‘limi shifokori.
I. Nurimbetov, TTB sport targ‘ibotchisi.