Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan press-tur tashkil etildi

Туман янгиликлари

Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotdaridagi ahvolni o‘rganish maqsadida press-tur tashkil etildi. Unda tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eshimbetova, Amudaryo televideniyesi muhbiri Aziza Madrahimova, foto muhbir Mahmudjon Shamurodov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi. Press-tur doirasida 43-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga sayohat uyushtirildi. Ta’lim tashkiloti mudirasi Manzura Jumaniyozova tashkilot haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi. Bugungi kunda 194 nafar tarbiyalanuvchi qamrab olingan ushbu tashkilot 1992 yilda o‘z ish faoliyatini boshlagan bo‘lib vaqtlar o‘tishi bilan ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan edi. 2015 yilda muassasada joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Va moddiy texnik bazasi ancha yaxshilandi. 2008 yildan buyon mudira sifatida ishlab kelayotgan Manzura jumaniyozova bolalar bilan ishlash unga alohida zavq bag‘ishlashini, bolalarsiz hayotini tasavvur qila olmasligini faxr bilan tilga oldi. Mehmonlar muassasadagi ahvolni to‘liq o‘rganishdi. Bolalarning tajribali pedagoglardan ta’lim olayotganiga, ular uchun tashkil etilayotgan o‘quv mashqlari yoshiga va dunyoqarashiga to‘la mos kelishiga guvoh bo‘lishdi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning shaxsiy gigiyena vositalari bilan to‘liq ta’minlangani va ularning ozodalik qoidalariga rioya qilingan holda saqlanishi tekshirildi. Undan tashqari bolalarning yotoq joylari, tartibi va ozodaligi ko‘zdan kechirildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati