Aliment to‘lovidan qarzi bo‘lgan va ishga muhtoj fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Туман янгиликлари

Majburiy ijro byurosining Amudaryo tumani bo‘limi tomonidan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda alimentdan qarzi bo‘lgan va ishga muhtoj fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida mehnat yarmarkalari tashkil etilib borilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limida jami 1008 nafar voyaga yetmagan farzandlar ta’minoti uchun aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati mavjud bo‘lib, shundan 394 nafar qarzdor O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan aliment pullarini to‘lab kelmoqda.

Shuningdek, 614 nafar qarzdorning aliment pullari O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 64-moddasiga muvofiq ish haqilaridan undirib kelinmoqda.

 Ushbu qarzdor aliment to‘lovchi va boshqa qazdor fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida tuman prokuraturasi, tuman majburiy ijro byurosi va tuman Bandlikka ko‘maklash markazi bilan hamkorlikda 24 mart kuni bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Bo‘lib o‘tgan yarmarkada jami 8 nafar qarzdor ish bilan ta’minlandi.

Undan tashkari, bo‘lim ish yurituvida soliq undiruviga, ma’muriy jarimalar, bank foydasiga, kommunal tashkilotlar foydasiga, fuqarolar foydasiga undirish bo‘yicha ijro hujjatlar qarzdor fuqarolar ham qarzdorliklarni ish haki xisobidan to‘lash maqsadida yarmarkada ishtirok etdilar.

Ta’kidlash kerakki, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Farmoniga muvofiq, 2021 yil 1 martdan boshlab ijro hujjatlari bo‘yicha aliment majburiyatlarini bajarish qarzdorlar tomonidan aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona tizimi orqali amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida hisob va raqami aliment to‘lovchilar nomiga bank kartalari ochilishini tashkil etish hamda aliment majburiyatlarini bajarishning yangi tartibini joriy yetish choralari ko‘rildi.

O‘zbekistan Respublikasidan chiqishiga taqiq qo‘yilganligi va ularni qidirish yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.

 Shuningdek, Majburiy ijro byurosining Amudaryo tumani bo‘limi tomonidan qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida qarzdorliklarni to‘liq to‘lamaganlarga nisbatan mol mulklari xatlanib, realizatsiya qilish ishlari olib borilayotganligi va qarzdorlarni bo‘sh ish o‘rinlarga joylashtirish chora-tadbirlari, mehnat yarmarkalarini tashkillashtirish va ajrashgan oilalarni yarashtirish choralari qatiyatlilik bilan hal etilib kelinmoqda.

K.Madaminov, MIB Amudaryo tuman bo‘limi davlat ijrochisi, 2-darajali yurist