Maktab− ta’lim va tarbiya o‘chog‘i

Туман янгиликлари

Amudaryo televideniyesida Oliy majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Yuksak ma’naviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida hududlardagi maktablar orasidan ma’naviy va ma’rifiy ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan eng ilg‘or maktablar faoliyatini keng turda yoritib borish belgilangan.

 Amudaryo tumanining Boyovul mahallasi hududida joylashgan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 56-sonli maktab ham tumandagi eng namunali maktablardan biri.

Ushbu maktabda fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishib, chet tili va umumta’lim fanlaridan xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga qiritgan o‘quvchi yoshlar talaygina.

Jumladan, maktabning 11-sinf o‘quvchisi Farhod Nurboyev 7.1 ball bilan EILTS sertifikati sohibi bo‘lgan bo‘lsa, sinifdoshi Madina Tleubayeva 6 ball bilan mazkur sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Muhlisa O‘rinbayeva chet tillari bo‘yicha milliy sertifikat СЕFRga imtihon topshirib B2 darajasi oldi.

Maktabda ingliz tili va aniq fanlarni o‘qitishga bo‘lgan talab oldindan yuqori bo‘lib kelgan.

Maktabning fidoiy o‘qituvchilari o‘zlaridagi bor bilim va tajribani o‘quvchilarga beribgina qolmasdan o‘z ustida doimiy ravishda izlanishda va intilishda.

 Maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Nigina Saidova o‘z fanidan С1 sertifikatini qo‘lga kiritdi. Informatika fanidan esa ikki nafar, ona tili fanidan bir nafar o‘qituvchi milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.

Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan joriy qilinib maktab hayotiga keng tatbiq etilgan setrifikatlash tizimi orqali o‘quvchilar va o‘qituvchilarning bilim doirasi kengayibgina qolmasdan, ular uchun kattadan katta imkoniyat eshiklarini ochib bermoqda.

 Jumladan, endilikda umumta’lim fanlardan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun Oliy ta’lim muassasalriga kirish imtihonlarida mazkur fandan maksimal ball beriladi. Bu esa o‘quvchining ortiqcha vaqt sariflashiga yo‘l qo‘ymaydi.

 Shuningdek, chet tili fanidan sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning ish haqiga 50 foiz, umumta’lim fanlardan sertifikatni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilarning ish haqiga 20 foiz ustama qo‘shilmoqda.

Albatta, mehnat o‘z vaqtida e’tirof etilsa va rag‘batlantirib borilsa o‘sish va rivojlanish bo‘ladi.

Ta’lim va tarbiya maskani bo‘lgan maktabda o‘quvchilarning har tomonlama o‘sib va unishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

 Bilimli va tajribali o‘qituvchilardan ta’lim-tarbiya olish barobarida o‘quvchilar uchun maktabning moddiy texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ham ko‘plab sharoitlar yaratib berildi.

 Keng va yorug‘ sinfxonalar, elektron taxtalar. Zamonaviy rusmdagi kompyuter xonalari, bularing barchasi tirishqoq va intiluvchan o‘quvchilar uchundir.

2 mlrd 326,6 mln.so‘m mablag‘ evaziga maktab binosiga qo‘shimcha tarzda yangi bino qurib berilgani ham o‘quvchilar uchun katta sovg‘a bo‘ldi. Qurilish ishlari “Temir beton” Mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qisqa fursatlarda sifatli tarzda nihoyasiga yetkazilib foydalanishga topshirildi.

Biz esa tinib-tinchimas, bilimli va zukko o‘quvchilarga va ularning jonkuyar o‘qituvchilariga faqatgina zafarlar tilab qolamiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.