RЕFЕRЕNDUMDA FAOL ISHTIROK ETISH – BARCHAMIZNING FUQAROLIK BURCHIMIZ

Туман янгиликлари

Shu kunlarda yurtimizda muhim siyosiy jarayon – 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in kechmoqda. Ushbu referendumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiya to‘g‘risidagi Qonun ovozga qo‘yiladi.

Yangilangan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha yo‘nalishlarini isloh qilish, mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo‘lida eng muhim huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Konstitutsiyaviy Qonun loyihasiga kiritilgan yangi normalar barcha sohalarni taraqqiy ettirishga, shu jumladan, davlat hokimiyatining yanada samarali tashkil qilinishiga yordam beradi. Ushbu loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etgan. Umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Loyihada ushbu takliflar e’tiborga olingan. Shunga ko‘ra, yangilanayotgan Konstitutsiya tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi deb e’tirof etilmoqda.

Har bir saylovchining ovozi mamlakat kelajagi, xalqimizning baxtli hayotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, barcha yurtdoshlarimizni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etgan holda, o‘z fuqarolik burchini bajarib, kelajagimiz uchun ovoz berishga chaqiraman.

Muyassar Rahmatullayeva,

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.