“20 ming tadbirkor − 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

6 iyun kuni tuman hokimligining katta majlislar zalida “20 ming tadbirkor − 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Rashid Salayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Agzam Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining boshqarma boshlig‘i Fayzullo Berdibayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i Temirbay Ganiyev hamda tumandagi ishsiz fuqarolar, dasturda ishtirok etishni istagan tadbirkorlik subyektlari qatnashdilar.
Yig‘ilishda  kambag‘al oila a’zosini ish bilan ta’minlashda tadbirkorlarga beriladigan bank, soliq va boshqa imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga tadbirkorlar bilan ularni qiynab kelayotgan muammo va takliflar muhokama qilindi. Bu kabi uchrashuvlar endilikda tuman ishchi guruhi tomonidan mahallalar kesimida  davom ettirilmoqda.


Tuman hokimligining Axborot xizmati.