28-avgust kuni mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Mahalliy hokimiyatning vakillikli va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini taʼminlash masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi Sharapat Otemisov tumanimizning Nazarxon ovuli aholisi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda aholining turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 30-sonli “Nazarxon” saylov okrugi deputati Guljaxan Ibragimovaning axboroti tinglandi va aholining murojaatlari tinglandi.
Sharapat Otemisov uchrashuvdan keyin Mustaqilligimizning 32 yillik bayramiga bagʻishlangan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida ovulda oʻtkazilgan tantanali bayram tadbirida ishtirok etdi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati