Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “Ishbilarmon ayol–2023” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi oʻtkazildi.
Tadbirda dastlab tadbirkor, hunarmand va ishlarmon ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.
Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat hakamlar-hayʼati ishtirokchilarning ishlari namunalari bilan yaqindan tanishib, adolatli baholab borishdi.
Taʼkidlash joiz, ishtirokchilarning loyiha nizomiga muvofiq, xotin-qizlar uchun qoʻshimcha yangi ish oʻrni yaratganligi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb boʻyicha oʻqitgani, bandligini taʼminlagani va hayotda oʻz oʻrnini topib ketishida koʻmaklashganligi, faoliyat turidan kelib chiqib eksportga yoʻnaltirilgan yoki import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarganligi , aholiga koʻrsatayotgan xizmatining sifati hamda faoliyatiga yangi innovatsion texnologiyalarni tatbiq etganligi ham baholashda alohida eʼtiborga olindi.
Tanlov yakunlariga koʻra tumanimizning “Tamara – Textile” jamiyati rahbari Tamara Yusupova “Eng faol tadbirkor ayol” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.
Ishbilarmon ayollarga partiya va hamkor tashkilotlarning diplom va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati