Amudaryo tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirayotgan ishlar yuzasidan soha xodimlari ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Unda Amudaryo tumani Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Botir Saparbayev hamda soha xodimlari ishtirok etdi.
Dastlab soha xodimlarining ish faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash jarayoni bilan tanishildi. Ish jarayoni bilan tanishish jarayonida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlari oʻrganilib, hal etilayotgani taʼkidlandi.
2023-yil yanvar- iyul oylarida markazga fuqarolardan jami 431ta murojaat kelib tushgan. Shundan boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha 736ta, kasbga tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtish orqali ishga joylashish boʻyicha 251ta, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish boʻyicha 189ta, zahiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga joylashtirish tartibi va sharoitlari boʻyicha 57ta, tadbirkorlik hamda oʻzini oʻzi band qilish hamda bandlikni ragʻbatlandiruvchi subsidiyalar olish boʻyicha 107ta, ish qidirayotgan shaxlarga va ishsiz shaxslarga taqdim etiladigan ijtimoiy kafolatlar toʻgʻrisida maʼlumot olish boʻyicha 91ta murojaatlar qabul qilinib, fuqarolarga tegishli masalalar boʻyicha xizmatlar koʻrsatildi.
Ochiq muloqot davomida markaz maʼmuriyati va xodimlari tumanda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar yanada jonlantirilishini taʼkidladilar.
Tuman hokimligi Axborot xizmati