TIBBIYOT BIRLASHMASI SHIFOKORLARI UCHUN KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

Туман янгиликлари

Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi shifokorlari ishtirokida aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Shu yil 19-sentyabr kuni tibbiyot muassasasi faollar zalida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda Birlashma boshlig‘i F.Abdullayev hamda boshliq o‘rinbosarlari, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlari mudirlari, tor soha mutaxassislari, tibbiy brigada  a’zolari  va  mas’ul tibbiy xodimlar qatnashishdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur seminarda Tibbiyot birlashmasining aholi salomatligini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish bo‘limi mudiri Jumaboy Yavkashev ko‘rgazmali tarzda, interaktiv usullardan foydalangan holda mashg‘ulot o‘tkazdi. “To‘g‘ri ovqatlanish sog‘lom hayot asosi” mavzusida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar davomida soha mutaxassislariga hafta kunlari davomida tashkil qilinadigan sog‘lomlashtirish tadbirlari, to‘g‘ri ovqatlanish tartibi tushuntirilib, hududlarda aholi o‘rtasida bu boradagi tushuntirish-targ‘ibot ishlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish kerakligi ta’kidlandi.

Qiziqarli o‘tgan seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

T.Saidova, TTB shifokori