Mamlakatimizda yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ko‘ngliga Vatan himoyasi sharafli burch ekanligini chuqur singdirish , bugungidek dorilomon hayot tarzini bunyod etish yo‘lida kurashgan ota-bobolarimizga munosib izdosh bo‘lishga intilishdek ezgu orzu-umidlarni shakllantirish borasida izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
Vatanimiz kelajagi – yoshlar qo‘lida. Shu boisdan ham ularni har jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish ishi faqatgina ta’lim muassasalarininggina emas, balki barcha sohalar, keng jamoatchilikning umumiy vazifasidir. Buningdek ezgu maqsadga hissa qo‘shish uchun yaqinda Mang‘it shahrida faoliyat yuritayotgan 36 sonli maktabda o‘quvchilarning harbiy sohaga oid bilimlarini mustahkamlash, milliy armiyamizning kuch-qudrati haqidagi xabardorligini oshirishga xizmat qiluvchi tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda maktab chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi Mahmud Qurbonboyev, Mang‘it shahrida faoliyat yuritayotgan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism xizmatchisi Sherzod Atayevlar ishtirok etdilar. O‘quvchilar bilan do‘stona suhbat tarzida bo‘lib o‘tgan tadbirda Sherzod Atayev o‘zining kasbiy faoliyati , Vatan sadhadlarining daxlsizligini asrash yo‘lida xizmat qilish shararfli ish ekanligi xususida gapirib berdi, o‘quvchilarning sohaga doir savollariga batafsil javoblar qaytardi. Tadbir o‘quvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
Oygul RAJABOVA